4 oktabr kuni Toşkentdagi Hilton mehmonxonasida FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN franşizalar körgazmasi bölib ötadi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Özbekiston françayzing uyuşmasi kömagida UzFranchise kompaniyasi tomonidan taşkil etiladi.

E’tiborlisi şundaki, bunday körgazma Özbekistonda ilk marotaba ötkazilmoqda. Taşrif buyuruvçilar birinçi qöl biznesining işonçli va manfaatli franşizalari haqida ma’lumotga ega bölişadi, franşizalar bozorining sönggi yangiliklari bilan tanişadi.

Şuningdek, uşbu körgazma françayzerlar va franşiza xarid qiluvçilar uçun manfaatli biznes hamkorlik örnatiş, bank, yuridik kompaniya, marketing agentliklari uçun muvaffaqiyatli, barqaror ösayotgan mijozlarni topiş imkoniyatini yaratişi kutilmoqda. Servis kompaniyalar esa öz xizmatlari, tadbirkorlar uçun mavjud şaroitlar haqida sözlab berişi hamda ikki tomonlama foydali kelişuvlarga erişişi mumkin.

Foto: FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN

 “Françayzing – bu biznesni kengaytirişning sinalgan va işonçli vositalaridan biri. Biznesni franşiza asosida boşlaşda xavf tadbirkor tomonidan noldan boşlanadigan biznesga qaraganda 12 baravar kamroq. Franchising Expo Uzbekistan xalqaro körgazmasi – bu françayzerlar (franşiza taqdim etadigan kompaniyalar) Françayzi topişi (franşizani sotib oladigan taraf), tadbirkorlar esa yangi biznesga ega bölişi mumkin bölgan noyob maydondir. Har bir yangi biznes yangi iş örinlarini yaratiş uçun asos böladi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qöşadi”, - deydi Özbekiston françayzing uyuşma raisi, UzFranchise kompaniyasi asosçisi Murat Azamov.

Foto: FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN

Mazkur keng qamrovli tadbir iştirokçisiga aylaniş uçun saytdan röyxatdan ötiş zarur. Kiriş bepul.

Körgazmada 10ta mamlakatdan 100dan ziyod faol xorijiy va mahalliy franşizalar taqdim etiladi:

  • Restoran biznesi
  • Oziq-ovqat va Fashion Riteyl
  • Işlab çiqariş
  • Ta’lim