Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti ötgan IPAK YÖLI Samarqand xalqaro turistik markazidagi beş yulduzli mehmonxonalarga joylaştirildi.

Ustoz va murabbiylar turistik markazda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişişdi. Boqiy şahar etnoşaharçasini va eşkak eşiş kanali böylab sayohat qilişdi. Ular beqiyos taassurotlarga ega bölişdi. Albatta, tantananing bu tarzda taşkillaştirilişi bejiz emas.


Öqituvçilarimiz yurtimizda amalga oşirilayotgan özgarişlar, bunyodkorlik işlarini kollektiviga, mahallasiga, hattoki özlari ta’lim berayotgan farzandlarimizga ham sözlab berişadi.


29 sentabr kuni ŞHTning asosiy tadbirlari ötgan Kongress markazda bayramona tadbir taşkillaştirildi. Qahramon öqituvçilarimiz xorazmlik Anor Mahmudova va qaşqadaryolik Muhabbat Şarapova bu yilgi tantana har yilgidan boşqaça joziba va şukuh bilan ötayotganini ta’kidlab ötişdi.


Prezident Şavkat Mirziyoyevning Öqituvçilar va murabbiylar kuniga bağişlangan bayram tabrigini Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öqib eşittirdi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva öqituvçilarni tabriklab, Prezident farmoniga köra davlat mukofotlari bilan taqdirlangan öqituvçi va murabbiylarga orden va medallarni topşirdi.















