Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Rişi Sunak Konservativ partiyaning yangi rahbari va öz-özidan mamlakatning yangi boş vaziriga aylanadi.
BBC News xabariga köra, boş vazirlikka ovoz beriş jarayonida u Konservativ partiya rahbarligi uçun yagona nomzod bölib qoldi - Jamoatlar palatasi raisi Penni Mordont Sunak foydasiga öz nomzodini qaytarib olişini e’lon qildi.
Qayd etiş kerakki, Mordont xonim saylovda rasman nomzodini ilgari suriş uçun yetarli miqdorda (100 nafar) deputatlar qöllab-quvvatloviga ega böla olmadi. OAVdagi sönggi ma’lumotlarga köra, parlamentdagi konservator deputatlarning (jami 357 nafar) 193 nafari Sunakni qöllaşini bildirgan, Mordontda esa 26 nafar tarafdor bölgan.

Kun avvalida sobiq boş vazir Boris Jonson 102 nafar deputat tomonidan qöllab-quvvatlovga ega ekani, lekin hozirda hukumat rahbarligiga qaytiş uçun qulay vaqt emas deb topib, saylovda qatnaşiş niyatidan voz keçganini aytgandi.
Sunak yangi boş vazir bölişi haqida Jamoatlar palatasida partiyaning yangi rahbarini saylaş jarayoni bilan şuğullanuvçi qömitani boşqaruvçi ser Grem Bredi ham ma’lum qilgan. BBC News siyosiy şarhlovçilariga köra, yangi yetakçi rasman 25 oktyabr kunidanoq lavozimga kirişadi.
- Rişi Sunak Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasiga ilk bor 2015 yilda saylangan. Uç yil ötib u Tereza Mey hukumatida vazir yordamçisi lavozimini olgan. 2019 yil iyulida uni Boris Jonson hukumatida ğaznaçilik boş kotibi etib tayinlaşadi. 2020 yil fevralidan esa Sunak Britaniya moliya vazirligini boşqarişga kirişadi.
- Sunak Konservativ partiya yetakçiligi uçun yozda bölib ötgan saylovlarda ham favoritlardan edi, ammo final bosqiçida sobiq taşqi işlar vaziri Liz Trassga yutqazib qöydi. Trass xonim mamlakat boş vazirligida sentabr-oktyabr oylarida jami 45 kun böldi, u taklif etgan iqtisodiy islohotlar juda yomon qarşi olingaç, iste’fo berişga majbur böldi.








