O‘zbekiston Koreya kompaniyalarini to‘qimachilik sanoatidagi ishlab chiqarishga jalb qiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Che Yong Sam bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo AA
Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga oid keng ko‘lamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar 2021-yil dekabr oyida Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya sammiti o‘zaro hamkorlik holatini baholash va istiqbollarini belgilashda muhim voqea bo‘lganini ta’kidladi. Raqamlashtirish, “yashil rivojlanish”, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda turli darajadagi munosabatlarni yanada faollashtirishga tayyorligi tasdiqlandi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
Investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni baholash hamda uning istiqbollarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi. To‘qimachilik sanoati sohasida o‘zaro hamkorlik masalalari dolzarbligi va ahamiyati qayd etildi. O‘zbekiston Koreya yetakchi kompaniyalarini ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishga jalb etishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
Mavzuga oid

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

15:44 / 05.02.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan volfram konini o‘zlashtirish imkonini o‘rganmoqda

08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi

08:10 / 30.11.2024