AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylari Janubiy Koreya bilan harbiy maşğulot ötkazişidan norozi ekanini va Pentagon rahbari Pit Hegsetga qöşma harbiy maşğulotlar dasturini «sezilarli darajada qisqartiriş»ga buyruq berganini bildirdi .
KXDRni tiyib turişga qaratilgan Ulchi Freedom Shield nomli harbiy maşğulotlar duşanba kuni boşlanib ketgan.
«Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan juda yaxşi munosabatlarimni inobatga olsak (ular oxirgi bor 2019-yilda uçraşgandi), Qöşma Ştatlar allaqaçon Janubiy Koreya bilan qöşma harbiy maşğulotlarda iştirok etişga rozi bölganidan noroziman», – deya yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
U Seul Eronga qarşi uruşda AQŞga qöşilişdan boş tortganidan şikoyat qilgan:
«Men yaqinda Janubiy Koreya prezidentidan Eron Islom Respublikasini yadrosizlaştirişda bizga qöşilişni xohlaysizmi, deb söradim, ular „Yöq, rahmat!“ deb javob berişdi».
«Bu maşğulotlar nafaqat qimmatga tuşadi – xarajatlarning katta qismini odatdagidek AQŞ tölaydi – balki Donald Tramp prezidentligi davrida tahdid tuğdirmaydigan va hurmat körsatadigan mamlakatga mutlaqo noörin va duşmanlik signalini yuboradi», – deya qöşimça qilgan Amerika rahbari.
Tramp keyingi 11 kun davomida bölib ötadigan maşğulotlarni bekor qiliş juda keç bölgani, şuning uçun u mudofaa vaziri Pit Hegsetga ularning kölamini «sezilarli darajada qisqartiriş»ni buyurganini aytgan.
- AQŞ va Janubiy Koreya muntazam ravişda qöşma harbiy maşğulotlar ötkazib keladi, qolaversa, Janubiy Koreya hududida Amerikaning xorijdagi eng yirik harbiy bazasi – Kemp-Hamfriz joylaşgan. Bugundan boşlangan maşğulotlarda minglab harbiy xizmatçilar va harbiy texnikalar iştirok etadi. Maşğulotlar Şimoliy Koreya tahdidlariga qarşi tayyorgarlikni oşirişga qaratilgan bölib, uçuvçisiz uçiş apparatlariga qarşi kuraşiş, GPS’ni öçiriş va kiberhujumlarni qaytariş böyiça maşğulotlarni öz içiga oladi.
- KXDR muntazam ravişda AQŞ-Janubiy Koreya qöşma maşğulotlarini tanqid qilib keladi, deb eslatadi CNN. Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi 17-avgust kuni boşlanadigan maşğulotlarni «tajovuzkor uruş repetitsiyasi» va öz xavfsizligiga «jiddiy tahdid» deb atagan.

















