“Iş haqida birinçi bor eşitganda blogerning harakatlarida qandaydir e’tirozli jihatlar bordek tuyulgandi. Nega? Birinçidan, uning bir mahsulotni harom deb e’lon qilişi uçun huquqiy asosi mavjud bölişi kerak edi. Çunki uning xatti-harakati tadbirkorga zarar yetkazuvçi harakat hisoblanadi. Masalan, yolğon axborot tarqatiş, tuhmat yoki raqobatçini obrösizlantiriş kabi moddalar bor. Lekin blogerning sudda qaysi moddalar bilan javobgarlikka tortilganini körgandan keyin, taajjubga tuşdim. Diniy adovat qözğatgani uçun, deb keltirilgan u yerda. Ayblovni asossiz deb bilaman. Bu mening şaxsiy fikrim, qaraşim. Men öz şaxsiy qaraşimni bildirişim mumkin va bu sud qaroriga ta’sir qilmaydi.

Mutaxassis sifatida şuni aytamanki, yuridik jihatdan ham diniy adovat qözğatilişi uçun obekt aniq bölişi kerak. Diniy adovat qözğatiş deganda, deylik, ikki din vakillari örtasida kelişmovçilik çiqarişga sabab bölişi lozim. Harom deyiş yeyişga yaroqsiz, zararli degan ma’noda işlatiladi. Xöş, bu yerda kimga ta’sir ötkazildi? Bu yerda bloger mahsulotning sifatsizligi va uni yeyiş taqiqlanganiga işora qildi. Harom sözi ham taqiqlangan degan sözdan kelib çiqadi. Ya’ni uni yeyiş zarar yetkazadi, degan ma’noda, u özining diniy qaraşlarini singdirmayapti, ikki din vakili örtasida kelişmovçilik keltirib çiqarmayapti. Bunga yönaltirilgan qasd bu işda mavjud emas deb hisoblayman. Diniy adovat qözğatiş degan narsa yöq bu yerda. Umuman, dinga boğlab ayblov qöyiş va qamab qöyiş — asossiz.

Bundan taşqari, 194-moddani ham qöşişgan. Oldin ham bir neça marta aytganimdek, bu modda «navbatçi» modda bölib qolgan. Oldin buning tartibini belgilab çiqiş kerak, har qanday holatga bu moddani taqayveriş notöğri. Avvalo huquq organi xodimining talabi qonuniy bölişi kerak”, – dedi advokat Ruslan Sodiqov.

Intervyuni töliq holda quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.