Voqea Activist taxallusi bilan tanilgan bloger Hojiakbar Nosirov bilan röy bergan. U Instagram'ida e’lon qilgan videoda voqeani quyidagiça sözlab bergan.

“Bugun kappuçino olişga “Bon!”ga kirdim, ğaznaning oldiga borib turganimda (kassaning oldiga, “Bon!”da işlaydiganlarga tuşunarli bölişi uçun) özbek qiz turibdi, mendan “çto budete zakazyvat?” deb sörayapti. Men boşida tuşunmay qoldim, lekin tez javob beriş uçun “malenkiy kapuçino” dedim.

Qarab turibman – özbek qiz. Mendan yana söraşni boşladi: “yeşçe çto nibud jyelayete?” deb. Keyin turdim-da: “menga qarang, özbekmisiz?” dedim. “Ha, özbekman” dedilar. “Men ham özbekman, körib turibsiz-ku, nimaga menga rusça gapiryapsiz?” desam, öylanib turdilar-da, “yana nimadir kerakmi?” dedilar. “Yöq” dedim. Menimça, ozgina uyaldilar ham.

Keyin, kofeni kutib turganimda, menimça, özbek ayoli kelib, “çto vy zakazyvali?” deyapti. Men javob bermasdan, öqrayib turibman-da, “malenkiy kapuçino, da? Vot vaş zakaz” deb oldimga qöyib ketyapti.

Gap bu yerda uning qilgan muomalasi, boşqasida ham emas. Biz Özbekistondamiz-ku. Körib turibsizlar, men ham, sizlar ham özbeksizlar, men bilan özbek tilida gaplaşinglar. Rus tilida gapirmanglar demayman. Umuman olganda, sizlarning biznesingiz rus tiliga yoki Rossiyada qurilmagan-ku, töğrimi?

Buni mayda narsa, nimaga gapiryapsan deydiganlar bölişi mumkin. Tuşuntiraman, bu judayam muhim narsa. Özbek tilining yöq bölib ketişiga sababçi bölayotganlar – mana şunday bizneslar ham. Şu bilan birga, özbek tilini biladigan, Özbekistonda işga kirmoqçi bölgan odamlardan şunga öxşaş kompaniyalar rus tilini talab qiladi. Özi mijozlarining 90 foizi – özbeklar. Butun xodimlarini rus tilida gapirtirib nima keragi bor? Qani mantiq?

Buning yana bir muhim va ayançli tomoni şundaki, ular özbek tilini yöq qilişga yordam berayotgani mayli, rus tilini bilmaydigan mijoz kelib, buyurtma bermoqçi bölsa-da, ular rus tilida savol beradigan bölişsa, mijoz uyalib qolişi mumkin, rus tilini bilmagani uçun. Özi unaqa bölişi kerakmas, aksinça bölişi kerak: özbek insonga rus tilida savol berayotganlar uyalişi kerak. Şuning uçun ham özbek tilida gapirmayaptimi, narsasini oliş kerakmas boşqa. Şuni deb qançadan qança rus tilini örganmagan, özining vatanida özbek tilini bilib turib, işga kirolmayotganlar tiqilib yotibdi”, – degan bloger.