Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva: Ta’limga yangi talablar qo‘yilyapti, butun tizim yangilanmoqda
O‘zbekistonda ta’limga yangi talablar qo‘yilyapti, butun tizim yangilanmoqda. Bu haqda Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparati kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva aytib o‘tdi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
"Xivada bo‘lib o‘tgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari va g‘olib hamda sovrindorlarini tabriklayman. Olimpiadada uch qit’aning 16 davlatidan yosh olimlar ishtirok etdi", deb yozadi u.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bunday nufuzli xalqaro olimpiadalar bo‘lib o‘tishi bejiz emas.


"Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan ilmga va ilm ahliga munosabat o‘zgardi, olimlarning qadri tiklana boshladi. Ta’limga yangi talablar qo‘yilyapti, butun tizim yangilanmoqda", deydi Saida Mirziyoyeva.

Bildirilishicha, olimpiadada ishtirok etgan yoshlar barcha tengdoshlari uchun o‘rnak va namuna bo‘ladi.


Mavzuga oid
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
18:25 / 17.02.2026
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga yangi rahbar tayinlandi
20:24 / 16.02.2026
Hilola Umarova PA o‘rinbosari lavozimidan ketdi
12:36 / 13.02.2026