«Tezkor qarşi hujum umidlari öta optimistik bölib çiqdi» - Ukraina armiyasi muammolari ekspertlar nigohida
|16:49 / 07.08.202345 21118 min
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov 2 avgust kuni qarşi hujum asnosida Ukraina harbiylarida dedlayn yoki grafik yöqligini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, Rossiya egallab olgan hududlarni ozod qiliş yoppa minalaştiriş tufayli qiyinlaşmoqda, voqealar rivoji sekin ekanidan norozilar «uruş nima ekanini tuşunişmaydi».
Danilovning sözlari Ğarbda Ukraina qurolli kuçlarining frontdagi harakatlaridan norozilik kuçayib borayotgan bir paytda yangradi. Uzoq kutilgan qarşi hujum kutilmalarni oqlayotgani yöq, biroq Ğarb OAVda qayd etilişiça, bunga bir qator obektiv sabablar bor. Bu sabablarni harbiy ekspertlar tobora faol muhokama qilişmoqda, öz sirtqi muloqotlarida ular ukrainaliklarning qarşi hujum operatsiyalarini tanqid ostiga ham olişmoqda, ba’zida esa frontdagi murakkabliklar e’tiboridan, oqlab ham qöyişmoqda.
Quyida Ğarb matbuoti şarhida tahlilçilar Ukraina qurolli kuçlarining qanday muammolarga duçor bölayotgani haqida söz yuritayotgani, frontning old çiziğidagi sönggi voqealar nega Ikkinçi jahon uruşida ittifoqçilarning Normandiyaga tuşirilişiga mengzalayotgani haqida hikoya qilamiz.
Ukraina frontidagi umumiy vaziyat
«Bizga özimizdan bölak heç kim dedlayn örnata olmaydi, bu — birinçidan. Ikkinçidan, heç qanaqa grafik yöq. Uçinçidan, bunaqa gap-sözlar boşlansa, buni köpinça uruş nimaligini tuşunmaydigan odamlar boşlagan böladi… Frontda bölayotgan voqealarga nisbatan vaziyat qizitib yuborilgan paytlar ham bölmoqda», — degan Oleksiy Denilov «1+1» telekanali efirida.
Unga köra, harbiy harakatlar murakkab va juda köp omillarga boğliq.
«Biz allaqaçon NATO tizimidamiz va u bilan iş köryapmiz, komandir u yoki bu yönalişda oldinga qöyilgan umumiy vazifaga binoan qanday harakat qilişni hal qiladi», — degan Danilov.
Amaldorning baholaşiça, joriy şaroitlarda ukrainalik harbiylar jangovar vazifalarni «a’lo»ga bajarmoqda, ayniqsa «duşman yaxşi tayyorgarlik körgani, ulkan maydonlarni minalaştirgani» hisobga olinsa.
«Harbiylarimiz ortda qoldirib ötişi lozim bölgan hududdagi minalar soni aql bovar qilmas darajada köp. Bir kvadrat metrga örtaça uç-tört-beştadan mina töğri kelmoqda», — degan Danilov.
Uning qöşimça qilişiça, hududlarni minalardan tozalaş Ğarbdan jönatiladigan texnikalar vositasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölgan, biroq frontning juda katta hududida ukrainaliklar portlovçi moddalarni qölda zararsizlantirişiga töğri kelmoqda.
Ukrain armiyasining qarşi hujumi iyun oyida Janubiy Donetsk fronti uçastkalarida boşlandi. Ukraina qurolli kuçlari törtta asosiy yönalişni belgilab olişgan. Bu Zaporijjya oblastidagi Orixiv şahri hududi (Tokmak şahri orqali Melitopol şahriga çiqiş), Zaporijjya va Donsek oblastlari çegarasidagi Velika Novosilka rayoni, şuningdek, Donetsk oblastidagi Maryinka va Baxmut yönalişlari.
Mavzuga oid
Sönggi vaqtlarda asosiy voqealar Vremivka balandligi atrofida sodir böldi. Bu Vremivka posyolkasi nomiga qöyilgan yönaliş bölib, Rossiya tomoni öz pozitsiyalarini Velika Novosilka rayon markazi tomon qaratib qöygan. Front çiziği balandlik ostonasigaça — Urojayne, Staromlinivka va Staromayorske qişloqlarigaça kelib qoldi. Iyul oyi oxirlarida ekspertlar Ukraina armiyasi RF QKning Zaporijjya va Donsek oblasti çegaralaridagi asosiy mudofaa sarhadlarigaça yetib kelgani va yöllarida «ajdar tişi» va tanklarga qarşi xandaqlarga duçor bölişgani qayd etişdi. Pentagondagi manbalar xabar berişiça, Ukraina qöşinlari şu paytgaça zaxirada uşlab turilgan, Ğarbda tayyorlangan qöşilmalarni harakatga keltira boşlagan.
Iyun oyi örtalarida esa kuzatuvçilar Ukraina armiyasining qarşi hujum sur’atlari sezilarli darajada pasaygani, Ukraina QK harakatlari frontning biror yönalişida kutilmalarni oqlamaganini qayd etişgandi. Dastlabki sabab sifatida Rossiyaning kutilganidan mustahkamroq bölib çiqqan yopirilma mina maydonlari doxil eşelonlangan mudofaasi keltirildi.
Bundan taşqari, tahlilçilar Rossiyaning radioelektron kuraş vositalarini ajratib körsatişmoqda, ular GPS koordinatalar orqali nişonga olib, ukrainlarning aloqa tizimiga jiddiy putur yetkazib, Ukraina QKni yuqori aniqlikdagi qurol-yaroğlardan foydalanişdan mosuvo etmoqda. Rossiya QKning aviatsiyadagi ustunligi ham nazardan qoçirilmagan. Bundan taşqari, Ukraina qöşinlari hozirça murakkab umumqöşin operatsiyalarni ötkaziş imkoniga ega emas. Natijada kuraşayotgan tomonlar «holdan toydiriş taktikasi» bilan maşğul bölişmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq hududlarni qaytarib oliş «istalganidan sekinroq» ketayotganini tan olgandi. Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniy esa ukrain qöşinlarining imillab harakat qilayotgani töğrisidagi bayonotlardan jahli çiqayotganini aytgandi. «Bu butun dunyo tomoşa qilayotgan va dov tikayotgan şou emas. Har bir kun, har bir metr qon evaziga qölga kiritilmoqda», — degandi u. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Ukraina qöşinlarining yaqinda Ğarbda öqitib kelingan asosiy zaxiralari, jumladan, zamonaviy tanklar va zirhli texnikalar bilan ta’minlangan brigadalarining aksariyati hali qarşi hujumga qöşilmaganini ma’lum qilgan.
«Har bir mil — qonli jang»
The New York Times gazetasi ötgan haftada Ukraina qöşinlarining janubdagi yurişlari davomida «katta yöqotişlar»ga uçralgani haqida yozdi. Ukraina QK 23-brigadasining yarador bölgan askarlaridan biri muxbirlarga uning batalyoni artilleriya va tanklar zarbasiga duçor bölib yöq qilingani, bor-yöği bir oy içida old çiziqdagi bölinmada atigi 10 kişi qolganini aytgan. Uning aytişiça, brigada artilleriya qöllovisiz jangga taşlangan. Bu brigada yaqinda şakllantirilgan va Ğarbda tayyorgarlikdan ötgan töqqiz brigadaning biri bölgan.
«Uning bölinmasi iştirok etgan janglardan birida ukrain jangçilari AQŞda işlab çiqarilgan 10 ta MaxxPro zirhli maşinalari bilan hujum qilişgan, maşinalarning faqat bittasi qaytgan», — deyiladi maqolada.
Yana bir harbiy xizmatçi u xizmat qilgan bölinma ruslarning okoplarini egallagaç katta yöqotişlarga duçor bölganini aytib bergan. Şundan söng rossiyaliklar ularning pozitsiyasi ustiga artilleriya öqi va aviabombalar yoğdirişgan. «Bizni tirdagidek otib taşlaşdi. Ustimizdan dron uçib, artilleriya öqini korreksiya qilib turdi», — degan u.
Yana bir guruh qişloqlardan birini şturm qiliş asnosida «şu qadar yöqotişlarga duçor bölganki, ular muvaffaqiyatsiz çekinişdan boşqasi iloj topa olmagan». Şundan söng ukrainaliklar taktikani özgartirib, piyodalar kuçi bilan hujum qilişga ötgan va rossiyaliklar qazgan tranşeyalargaça yetib borişgan. «Tranşeyalarda kutilmaganda portlaşlar röy bera boşladi, boşqa zarbalar örmon yoqasida kutayotgan askarlarga töğri keldi. Okoplar minalaştirilgan ekan, rossiyaliklar ularni masofadan turib portlata boşlaşgan», — deb yozadi gazeta.
Yaralangan ukrain askari. Foto: The New York Times
Minalarga çap berişga muvaffaq bölganlar esa dronlar hujumiga mubtalo bölişgan. «Ularda har bir insonga bittadan dron töğri keladigandek tuyulardi», — degan harbiylardan biri. Uning sözlariga köra, ikki oy içida ular 16 kilometrga ilgarilaşga muvaffaq bölgan.
The New York Times’ning boşqa bir maqolasida «Ukrainadagi frontning har bir mili — qonli jang», qarşi hujum ziç minali maydonlar, artilleriya va pilotsiz parvoz qurilmalari nişonga olib turgan Rossiyaning jiddiy mudofaasi tufayli «maşaqqatli tarzda sekin siljiyotgani»ni qayd etgan. Jurnalistlar fronotoldi hospitallar va tabbiyot punktlarida ham bölişgan. U yerda «doimiy oqim» bilan yarador ukrain askarlari kelib turişibdi. Tibbiyotçilardan biri yöqotişlar soni ulkanligi, vraçlar va ayniqsa hamşiralar yetişmayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, öqotar qurollardan yaralanişlar kam, köpçilik askarlar kasalxona koykasiga minalardan oğir yarador bölib kelişmoqda va ularning köpçiligi oyoq-qöllaridan judo bölişmoqda.
«Rossiyaliklar öz askarlari jasadini ham, bizning öldirilgan askarlarimizni ham, qöllaridan nima kelsa barçasini minalaştirişmoqda. Biznikilar bunkerga kirganida masofadan turib ularni portlatişyapti. Duşmanda portlovçi modda juda köp, — degan yarador ukrainalik va uning otryadida ham yöqotişlar borligini qöşimça qilgan. — Haydovçimizning öğli uç kun avval jang maydonidagi otişmada halok böldi. Ötgan haftada jangovar döxtirlarimizdan biri öldi. U yaradorlarni olib çiqiş uçun belgilari aniq körinib turgan tez yordam maşinasida ketayotgan bölgan. U rossiyaliklarning tanki nişoniga aylangan».
The Wall Street Journal maqolasi ham olovga yoğ sepdi. Naşr Ukrainaning Houp Foundation xayriya taşkiloti va Germaniyaning protezlar işlab çiqaruvçi Ottobock firmasiga asoslanib, keng miqyosli uruş boşlanganidan buyon 200 mingdan ziyod ukrainalik oğir yarador bölgani, 20 mingdan 50 minggaça odam bir yoki bir neça a’zosidan ayrilganini yozib çiqdi. Ottobock Ukraina rahbariyati va hamkor kompaniyalar ma’lumotlariga asoslangan.
Maqola mualliflari bu raqamlarni Birinçi jahon uruşi bilan taqqoslasa bölişini bildirgan va haqiqiy raqamlar bundan-da kattaroq bölişi mumkinligini qayd etişgan, çunki protezlaş jarayoni birmunça vaqt talab qiladi. Bundan taşqari, Ukraina hukumati aholining kayfiyatini öldirmaslik uçun öz stastistikasini oşkor etmayapti, şu sababli ommaga faqat ekspertlarning taxminiy raqamlari ma’lum.
Birinçi jahon uruşida Germaniyaning 67 ming, Buyuk Britaniyaning 41 ming aholisi oyoq-qöllaridan ajralişgan. Bu holatda, öşa vaqtlarda amputatsiya yarador bölgandan söng ölimning oldini oliş uçun yagona çora bölganini ham unutmaslik kerak.
Uruş boşlanişida Ukrainada amputatsiyaning asosiy sabablari artilleriya va raketa zarbalaridan söng olingan jarohatlar bölgan. Hozir esa köpçilik front çiziği böylab örnatilgan minalarni bosib olib jarohatlanmoqda. Amerikalik harbiy jarrohlar ukrainalik hamkasblarining ma’lumotlariga asoslanib ma’lum qilişlariça, front çiziğidan 5 km masofada yaralangan Ukraina QK askarlarining 36 foizi oğir jarohatlarga duçor bölişmoqda, front bölinmalari jangçilarining 10 foizi esa halok bölişmoqda.
Vraç Konstantin Militsaning sözlariga köra, hozir asosiy janglar ketayotgan Zaporijjya oblasti kasalxonalariga amputatsiya qilinişi lozim bölgan yaradorlik bilan 40–80 foiz bemorlar keltirilmoqda. Ukrainalik jarrohlarni öqitayotgan harbiy jarrohlar global guruhi rahbari Aaron Epşteyn Ğarb meditsinasi Ikkinçi jahon uruşidan buyon bu qadar jarohatlar miqyosiga duç kelmaganini ta’kidlagan.
Taktika muammolari
Iyul oyi oxirlarida Bild naşri Bundesverning içki hujjatlariga asoslanib, nemis harbiylari ilk marta Ukraina armiyasini qarşi hujum çoğidagi xatti-harakatlari uçun tanqid ostiga olganini xabar qildi. Unda aytilişiça, 2023 yil boşidan buyon Yevropada Ukrainaning jami 36 ming kişidan iborat kamida töqqizta zarbdor brigadalari öqitilgan va qurol-aslahalar bilan ta’minlangan. Biroq GFR mudofaa vazirligi Ukraina ularni bekorga maydalab taşlab, kiçik kuçlar bilan oldinga ötayotganini tanqid qilgan.
«Harbiy qismlar şu qadar kiçik bölaklarga bölib tanlanmoqdaki, har bir harbiy qism öziça nimalardir qilişga intilmoqda, biroq ular ustidan umumiy jangovar rahbarlik kuzatilmayapti», — deyiladi hujjatda.
Bundesverdagilar fikriça, bu «özinikini otib qöyiş riski»ni kuçaytiradi, «boş zarba yönalişida harakatga ötiş yoki öt oçiş usunligiga ega böliş uçun manyovrli bölinmalar yetişmovçiligi kuzatilmoqda». Nemis mutaxassislari jangovar tajribaga ega ukrain askarlari ğarb texnikasini yangi çaqirilganlardan köra yomonroq özlaştirayotganiga ham urğu bergan. Yoş kursantlar maşqlar davomida jangda öt oçiş va harakatga kelişdan foydalaniş prinsiplarini yaxşiroq özlaştirmoqda, biroq Ukrainaga qaytişi hamono ularning sovetça texnika va taktikada suyagi qotgan komandirlari bu ğarbona prinsiplarga amal qilmasligiga duçor bölişmoqda.
Harbiy tahlilçi Yulian Repkening tuşuntirişiça, ğarbda öqitilgan Ukraina QK brigadalari 10–30 askardan iborat bölinmalarga bölib taşlanmoqda, Ukrainaning jang doktrinasi va ofitserlari ğarbda örgatilganlariga ters harakatlar qilişmoqda va şu tufayli taşabbusni qöldan boy berişmoqda.
Ukraina harbiylari frontda. Foto: Volodimir Zelenskiyning telegram-kanali.
Kiyevning qarşi hujumdagi muammolari birgina mina maydonlari bilan çeklanmasligi haqida Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, frontda bölib qaytgan Frans-Stefan Gadi tomonidan ham avvalroq tilga olingan edi. Uning aytişiça, Ukraina qurolli kuçlarining jiddiy muvaffaqiyatlarga ega bölolmayotganining asosiy sababi armiya keng miqyosli umumqöşin operatsiyalarni samarali taşkillaştirişga layoqatsiz ekani, buning natijasida frontning turli uçastkalarida operatsiyalar hamohang ötkazilmayotgani bölişi mumkin.
Bu Ukraina qöşinlarini harakatlaniş asnosida Rossiyaning tanklarga qarşi raketalari, artilleriyasi va boşqa qurol-yaroğlari oldida ojiz qilib qöymoqda.
Ekspertning qayd etişiça, Ukraina QKning qarşi hujumi asosan artilleriya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan piyoda qöşinlar jangidan iborat, şu sababli ilgarilaşlar arzimasgina bölmoqda. Minalardan tozalaş uskunalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari yetişmasligi tufayli mexanizatsiyalaşgan brigadalardan tölaqonli foydalanişning iloji bölmayapti, deya qöşimça qilgan u. Gadining fikriça, Ukraina Rossiya mudofaasini yorib ötişga yanada tizimliroq yondaşa boşlasagina qarşi hujum xarakteri özgarişi mumkin, Rossiya armiyasida jangovar ruhiyat çökib ketişi ham mudofaa barbod bölişiga olib keladi.
Ekspertlar fikriça, paydo bölgan vaziyatlarda Donetsk va Zaporijjya oblastlari çegarasida Rossiyaning mustahkam mudofaasini tezda yorib ötiş imkonsizligini tuşungan Ukraina harbiy qömondonligi jangovar harakatlarga yondaşuvini özgartirgan. Qarşi hujumni töxtatiş va zaxiralarni işga soliş örtasida uçinçi — nostandart variant tanlangan va uni «galalaşuv taktikasi» deb ataş mumkin. Unga köra, frontni yorib ötişga intilibgina qolmasdan, RF QK mudofaa tizimini oçib taşlaş va uni artilleriya zarbalariga duçor qiliş maqsad qilingan.
Ukraina komandirlari taktikani özgartirişgani va Rossiya qöşinlarini artilleriya va uzoqdagi nişonni ura oladigan raketalar yordamida holdan toydirişga diqqatni jamlaganini The New York Times naşri ham yozgan.
Gazeta mualliflari fikriça, Ukraina tomonidan taktika özgartirilişi NATOning Ğarbda tayyorlangan va ğarb qurol-yaroğlari bilan qurollantirilgan ukrain guruhlari muvaffaqiyat qozonişiga bölgan umidlar özini oqlamaganidan darak beradi. Bu holda ukrainalik harbiylarning Ğarb davlatlarida öqitiliş sifatiga nisbatan savollar paydo bölmoqda: önlab milliard dollarlik qurol-yaroğlar Ukraina armiyasini NATO standartlari böyiça jang qiluvçi kuçga aylantira oldimi?
Uruş çözilib ketgan pozitsion janglarga aylanib ketgani Ukrainadagi vaziyatni ayrim ekspertlar Birinçi jahon uruşining qonli töqnaşuvlar mojaro tomonlaridan heç biriga strategik muvaffaqiyat keltirmagan ğarbiy frontiga mengzaşmoqda. Biroq, şu yozgi Ukraina qarşi hujumini ittifoqçi kuçlarning 1944 yilda Normandiyaga tuşirilişiga öxşatayotganlar ham bor. Bu haqda Amerikaning nufuzli RAND Corporation tahliliy markazi ekspertlari Rafael Koen va Jan Dentile yozmoqda.
«AQŞ armiyasi olti haftalik qaqşatkiç janglardan söng mudofaadagi nemislarni Normandiyadagi platsdarmdan bor-yöği 19 mil (30 km.ga yaqin) nariga surib taşlaşga muvaffaq bölgan. Biroq, amerikaliklar duşman mudofaa çiziğini yorib ötgaç, nemislar çekingan», — deb eslatadi ular.
Xuddi şunday öxşatişni The Guardian ham keltirmoqda. «Normandiyaga bostirib kirişda ittifoqçilar platsdarmga yetişi hamono ular olti-sakkiz haftalik muddat içida sekin-asta nemis mudofaasini yorib ötiş bilan maşğul bölişgan», — degan AQŞning iste’fodagi polkovnigi Mett Dimmik.
Ekspertlar Ukrainadagi uruş va Ikkinçi jahon uruşining ğarbiy frontidagi yana bir öxşaşlikka işora qilişmoqda — qöşinlar ziçligi. 1944 yil yozida ittifoqçilar qöşinlari töqnaş kelgan nemis qöşinlarining örtaça ziçligi bir mil (1,6 km)ga ming kişini taşkil etgan. Ayni paytda Ukrainada eng himoyalangan mudofaa sarhadlarida Rossiya qöşinlarining soni 1 milga 700 kişini taşkil etmoqda. Birinçi jahon uruşida frontning ayrim uçastkalarida bu körsatkiç 10 ming askarga ham yetgan.
«Heç kim Ukraina Normandiyadagi kabi tez orada yorib ötişini kafolatlay olmaydi. Biroq, Ikkinçi jahon uruşi bilan soliştiriş — bu sabr va qat’iyat foydasiga bir dalil. 80 yilça avval AQŞ ham bugun Ukraina töqnaş kelib turgan xuddi şu qiyinçiliklarga duçor bölgan. Biroq AQŞ armiyasi sabot bilan kuraşgaç, uning har kungi sekin-astalik bilan olğa siljişi mudofaalanayotgan nemislarni çarçatgan, alaloqibatda öz samarasini bergan», — deyişmoqda ekspertlar.
Ular şuningdek, «Tezkor qarşi hujumga bölgan umidlar öta optimistik bölib çiqqani»ga e’tibor qaratişgan, biroq Ukraina QKning paydar-pay ilgarilayotgani — bu fakt. E’tiborga oliş lozimki, Ukraina armiyasi Rossiya armiyasiga nisbatan askarlarni köproq ayaydi va ularni «göştli şturm»larga taşlamaydi. Agar Ğarb davlatlari Kiyevni qöllab-quvvatlaşni susaytirişmasa va harbiy texnika, ayniqsa tanklar va samolyotlar yetkazib beriş böyiça bergan va’dalariga sodiq qolişsa, Ukrainaning qarşi hujumi ertami-keçmi qöyilgan maqsadiga yetkazadi, deyişmoqda ekspertlar.