«U dunyoni qutqarişni xohlaydi, faqat qutqaruvçi özi bölsa» – NY Mask qanday odam ekani haqida profayl e’lon qildi
|21:32 / 30.08.202380 35922 min
Dimitrios Kambouris / The Met Museum / Vogue / Getty ImagesDimitrios Kambouris / The Met Museum / Vogue / Getty Images
Dunyoning eng boy odami Ilon Mask oxirgi yillarda amerikalik jurnalistlar uçun katta nyusmeykerga aylandi. The New Yorker jurnalisti Ronan Ferrou milliarderning 30 dan ortiq sobiq va hozirgi hamkasblari bilan gaplaşib, Space X va Twitter/X egasining hozirgi hayoti qanday keçayotganini tasvirlaşga urindi. Quyida öşa maqolaning tarjimasi keltiriladi.
***
2022 yil oktyabr oyida AQŞ mudofaa vazirining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Kolin Kal Parijga boradi. U kun böyi yevropalik diplomatlar bilan gaplaşadi va keyin mehmonxonadan turib Ilon Maskka qönğiroq qiladi. Bu vaqtda tadbirkorning Space X kompaniyasi bir neça oydan buyon Ukraina armiyasini internet bilan ta’minlab kelayotgan, bu orqali ukrainlarning Rossiya bosqiniga qarşi turişiga kömaklaşayotgandi.
Ukraina va Rossiya örtasidagi Mask
2022 yil fevralda, uruş boşlanganidan bir neça kun ötiboq Ilon Mask uruşga qaysidir ma’noda öz ta’sirini ötkaza boşlaydi. Uning topşiriği bilan Space X Ukrainada Starlink sun’iy yöldoş tizimini örnatib, mamlakat armiyasi undan foydalanişiga imkoniyat yaratadi. Bu Ukrainaga kiberhujumlardan qoçiş va qurollarni Rossiya pozitsiyalari tomonga qaratişga imkon beradi. Bu paytda Starlink internetidan hatto AQŞning özida ham keng foydalanişmayotgandi.
Starlink tizimini Ukrainada örnatişda iştirok etgan uç kişi anonim tarzda uşbu jarayonga Ilon Maskning bevosita ta’siri qançalik yuqori ekanidan hayratga tuşganini aytadi. Ularning sözlariga köra, Mask Ukrainaga yordam berişni, odamlar xavfsizligini ta’minlaşni istagan va öz manfaatlarini öylamagan.
Oxirgi oylarda Ukraina qöşimça 5 mingta Starlink terminallarini oldi. 2022 yil kuzida Ukraina qurolli kuçlari foydalanayotgan terminallar soni 20 mingtagaça yetgandi. Uşbu tizimga ulanişni ta’minlagan harbiylardan birining aytişiça, Starlink terminallari uruş boşida Ukraina armiyasi uçun frontdagi asosiy aloqa vositasi bölgan.
Mask Ukrainada sun’iy yöldoşdan foydalanişni yölga qöyiş uçun önlab million dollar mablağ sarfladi. Masalan, Starlink Ukraina QK 59-brigadasi dronlar orqali RFning Donbassdagi pozitsiyalarini öqqa tutişini ta’minlagan (2022 yil 30 dekabr)
Pierre Crom / Getty Images
Mavzuga oid
Uruşning dastlabki oylarida Mask Ukrainani qöllaşini oçiq bildirayotgan, Ukraina qurolli kuçlari uçun yuborilayotgan texnikalar suratlarini öz sahifasiga joylayotgandi. Ammo 2022 yil sentabr oyida Space X Pentagonga Ukrainaga bundan buyon terminallarni tekin yubora olmasligi, mavjud terminallarga ham çeklanmagan vaqt davomida xizmat körsata olmasligi borasida xat yuboradi.
Tabiiyki, uning texnikalarini harbiylar işlatayotgani Maskni xavotirga solayotgandi. Öşa oyda Aspenda ötgan konferensiyadagi Maskning çiqişi esa uning uruş borasidagi qaraşlari butkul boşqaça ekanini körsatib qöydi. U siyosatçilarni muzokaralar stoliga ötirişga çaqirib, Rossiya prezidenti Putin «tinçlik xohlayotgani»ni iddao qildi. Bir hafta ötib esa Mask Ukrainadagi uruş böyiça özining «tinçlik rejasi»ni e’lon qiladi. Unda Ukraina Qrimni Rossiya tarkibida qoldirişi kerakligi aytilgandi.
Maskning sözlari frontdagi vaziyatga ham ta’sir qildi. Hujum qilayotgan ukrain askarlari butkul aloqasiz qolişdi. Ronan Ferrou bilan suhbatlaşgan Nikolay ismli askar şunday eslaydi: «Biz deyarli front çiziğiga yetib borgandik. Uni yorib ötganimizda Starlink kutilmaganda öçib qoldi. Aloqa uzildi va otryadlar özaro muloqot qilolmay qoldi. Hujum qilayotganda komandirlar uçun eng muhimi barça ma’lumotlarni vaqtida olib turişdir. Aloqa vositalari bölmagani sababli komandirlar hayotini xavf ostiga qöyib, özi jang maydoniga borişiga töğri keldi. Qisqasi frontda xaos boşlandi».
Ukraina qurolli kuçlari öşanda çekinişga majbur böladi. Harbiy rahbariyat uçun kutilmaganda uruşning borişi birgina insonning qaroriga boğliq bölib qoldi. Pentagon Mask bilan gaplaşib bu masalani hal qilişi kerak edi.
Mantiqan olib qaraganda bunday vaziyatda Pentagon xarid bölimi muammoni hal qilişi mumkin. Ammo Ilon Mask kompaniyasi oddiy pudratçi bölmagani sabab unga mudofaa vaziri örinbosari Kolin Kal qönğiroq qilişga majbur böladi. U öşa vaqtda Parijda bölib turgandi.
Pentagon mulozimi Mask bilan suhbatda bu borada şartnoma imzolaş uçun bir neça hafta vaqt söraydi. Şuningdek, milliarder frontda aloqani uzib qöygani uruş töxtaşiga yordam bermasligini aytadi.
Bunga javoban Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «ajoyib suhbat ötkazgani»ni aytadi. Maskning sözlariga köra, u tinçlikni qöllaş uçun yaratgan texnologiyasi jang maydonida işlatilayotgani ikkilanişiga sabab bölgan. Şunga qaramay, Mask Pentagon mulozimi bilan 15 daqiqalik suhbatdan keyin şartnoma imzolanişini kutişga rozi böladi. Bu haqda tvitterda post ham qoldiradi. «Boşqa kompaniyalar soliqdan millionlab pul olayotgan bir vaqtda biz [Ukrainani qöllaş orqali] pul yöqotyapmiz. Mayli, biz Ukraina hukumatini tekinga qöllaşda davom etamiz», deb yozadi u.
Iyun oyiga borib Pentagon Space X bilan kelişuvga erişganini e’lon qiladi. Şartnoma şartlari oşkor qilinmagan. Ukraina rasmiylari öşandan buyon aloqa uzilişi bilan boğliq muammo kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Ammo texnikalari uruşda qöllanayotgani sabab Maskdagi bezovtalik yöqolmayotgandi. 2023 yil fevral oyida u «Uçinçi jahon uruşiga olib kelişi mumkin bölgan mojaro oloviga moy sepmaymiz», deb yozdi.
Maskning ta’sir doirasi
Milliarderning Ukrainani qöllaş borasidagi pragmatikligi bevosita uning biznesi bilan ham boğliq. Uning asosiy daromad manbayi bölgan Tesla kompaniyasining eng köp maşinalari Şanhaydagi zavodda yiğilmoqda. Maskning bu zavodi faoliyati esa uruşda Rossiyani qöllayotgan xitoylik mulozimlar bilan yaxşi munosabatda bölişiga boğliq. Milliarderning sözlariga köra, Pekinda u Ukraina qurolli kuçlarini internet bilan ta’minlayotganidan norozi bölişgan. Xitoyliklar hatto Maskdan bunday texnikalarni Xitoyga qarşi qöllamaslik böyiça kafolat ham talab qilgan.
Şanhaydagi Tesla zavodi. 2020 yil 7 yanvarda olingan surat
Aly Song / Reuters / Scanpix / LETA
Xususiy tadbirkor Ilon Mask AQŞ uçun ta’sir doirasi juda katta odamga aylandi. Nafaqat Ukrainadagi uruş taqdiri, balki AQŞdagi energiya tejamkorlikdan boşlab kosmik dasturlar taqdiri ham endilikda unga boğliq. Amerikadagi köp narsa Maskka boğliq bölsa ham, mamlakat hukumati uni, ayniqsa uning kayfiyatini boşqara olmaydi.
New Yorker bilan suhbatda NASA, Pentagon, Transport vazirligi, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi va AQŞdagi boşqa yirik taşkilotlar vakillari ularning faoliyatiga Ilon Maskning ta’siri borligini aytişgan. Ularning ba’zilari Maskka amaldorga qilinadigani kabi munosabatda bölişini ham yaşirmagan. Pentagon xodimlaridan biri hatto Maskning Ukrainadagi voqealardagi roli haqida intervyu faqat Mask ruxsat berganidan keyin çiqişini aytgan. Milliaderning özi esa ötgan yilgi intervyularidan birida ba’zi jihatlarda ta’sir doirasi AQŞ hukumatinikidan ham katta ekanini tan olgan.
Mask tomonidan taşkil etilgan Open AI kompaniyasi boş direktori Sem Oltmen bu haqda qiziq fikr aytadi: «Ilon dunyoni qutqarişni juda xohlaydi. Faqat bitta şart bilan: qutqaruvçi rolida özi bölsa».
Mask AQŞdagi yuqori martabali harbiy mulozimlar bilan iliq munosabatda. Masalan, Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Mark Milli bilan. «Uning qaraşlari menga uruş xarakterini özgartiriş va AQŞ qurolli kuçlarini qanday modernizatsiya qiliş borasidagi fikrlarni jamlaşga yordam berdi», degan general Milli milliarder bilan uçraşuvdan keyin.
Generalning aytişiça, Mask bilan bir neça yil oldin tanişgan va öşandan buyon milliarder bilan uruşda sun’iy intellektni qöllaş, elektr maşinalar va avtonom maşinalar haqida fikr almaşib keladi. Ammo Pentagondagi boşqa mulozimlar Maskning mamlakat harbiy rahbariyatiga ta’siri kuçayib borayotganidan xavotir bildirgan.
Kim özi bu odam?
Ilon Mask 1971 yil Janubiy Afrika Respublikasi ma’muriy poytaxti Pretoriyada tuğilgan. Bu vaqtda JARda rasman oq tanlilar hukmronligi qayd etilgan aparteid rejimi amalda bölgan, irqçilik rasmiy darajada bölgani sabab mamlakat xalqaro sanksiyalar ostida edi. Onasi, kanadalik model Mey Mask va otasi, muhandis Errol Mask bölajak milliarder hali yoş bola bölgan vaqtidayoq ajraşib ketişgan.
Avvaliga Mask ukasi va singlisi bilan onasining uyida qoladi. Juftlik ajraşguniga qadar Maskning otasi onasini bolalar köz öngida urar, u esa 5 yoşda bölişiga qaramay onasini himoya qilişga intilardi. 80-yillar örtalariga kelib Ilon otasi bilan yaşay boşlaydi. U dadasi devona bölib qolganidan xavotirga tuşgandi. Milliarder keyinçalik bu qaroridan puşaymon bölganini aytgan: «Bu qançalik dahşatli bölganini tasavvur qila olmaysiz. U mavjud bölgan hamma yomonliklarni qilardi», deb eslaydi Mask otasi bilan yaşagan damlarini eslarkan.
Maskning bolalikdagi dösti Teo Tauşiani maktabda uning ustidan kulişganini eslaydi. Ilon qolganlarga qaraganda sekin ösgan, u bilan köpçilik gaplaşmagan ham. Ilonning özi unda Asperger sindromi borligini aytadi. Bu ijtimoiy kirişimli bölişga xalaqit beradigan ruhiyatdagi muammoli holat. U yoşligida köp çuqur öyga botar, atrofda nimalar bölayotganiga e’tibor bermasdi.
Mask uçun taşqi dunyodan ajralişda eng yaxşi vosita ilmiy fantastikani örganiş va videoöyinlar öynaş bölgan. U hali ösmir vaqtidayoq Blaster nomli öyin loyihasini tuzadi. Ayzek Azimovning fantastik kitoblarini öqib, kelajakda insonlar boşqa sayyoralarda yaşaşi haqida orzu qiladi. Milliarder yoşligida Duglas Adamsning Galaktika kitoblarini ham sevib öqiydi.
17 yoşida Mask Kanadaga borib Ontario provinsiyasidagi Kuins universitetiga hujjat topşiradi va öşa yerda bölajak rafiqasi Jastin Uilsonni uçratadi. Keyin öqişni Pensilvaniya universitetida davom ettirgan Ilon 1995 yilda iqtisodiyot va fizika böyiça bakalavr darajasini oladi. U vaqtda ukasi Kimbal bilan birga bosma OAV uçun dasturiy ta’minot işlab çiquvçi Zip2 kompaniyasiga asos solgandi.
Maskning birinçi farzandi 2,5 haftalik vaqtida vafot etadi. Buni kutilmagan bola ölimi deb baholaşadi. Milliarder heç qaçon bu voqea haqida gapirmagan. «Qayğuga botib faqat atrofdagilarning hayotini qiyinlaştirasiz, xolos», deydi Mask öşa voqea haqida.
Keyinçalik uning oilasida egizaklar tuğiladi, keyinroq esa uç nafar egizak. Jastin Uilsonning Marie Claire uçun essesida aytişiça, ularning oilasi Mask işga şönğib ketgani sabab buziladi. Ayolning aytişiça, Mask oilada hamma narsani nazorat qilişni istagan, hatto nikoh bazmi vaqtidagi raqsni ham.
Zip2'dan ketgaç, Mask mablağining katta qismini – 20 million dollarni X.com onlayn bank loyihasiga tikadi. U «hamma uçun» tölov tizimini yaratmoqçi bölgandi. 2000 yilda X.com raqobatçisi bölmiş Confinity bilan birlaşadi. Mask Confinity asosçisi Piter Til bilan kuraşda ğolib böladi. «U ğoliblikni kim bilandir bölişa olmaydi. Diqqat markazida bölmaslikni esa qabul qilmaydi», deydi Maskninng sobiq hamkasblaridan biri bu haqda.
2000 yil kuzda Mask xotini bilan asal oyiga yöl oladi. Bu vaqtda Piter Til kompaniya ustidan nazoratni qöliga oladi va uni PayPal tizimiga aylantiradi. Ikki yil ötib eBay startapni 1,5 milliard dollarga sotib oladi va savdodan eng köp uluşni hamon asosiy aksioner bölib qolgan Mask oladi.
Monopolist
2020 yil dekabr oyida Space X xodimlari SN8 raketa taşuvçini Texasdagi Boka-Çika bazasidan havoga uçirişga tayyorlanayotgandi. Maskning rejasi böyiça bu raketa taşuvçi kelajakda odamlarni orbitaga, Oyga va hatto Marsga olib uçişi kerak edi. Kompaniya Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi bilan parvoz vaqtini kelişadi, lekin dvigateldagi nosozlik sabab startni bir kunga keçiktirişga majbur bölişadi. Keyin şamol yönalişi va tezligi özgarib qoladi.
Maskni agar raketa portlab ketsa, uning parçalari yaqin atrofdagi uylarga soçilişidan ogohlantirişadi. Space X xodimlari raketa parvozi xavfsiz ekaniga işontirişga uringaniga qaramay, davlat mulozimlari unga ruxsat berişmaydi. Şunda Mask Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi kosmik bölinmasi rahbari Ueyn Monteytga qönğiroq qilişga majbur böladi. Mulozim parvoz qoldirilişi kerakligini tasdiqlaydi, Mask unga böysunadi.
9 dekabr kuni parvoz baribir amalga oşiriladi. Kema muvaffaqiyatli start olib, belgilangan balandlikka çiqib boradi, ammo qöniş vaqtida portlab ketadi.
Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi bilan birga parvoz haqida hisobot tayyorlagan Space X vitse-prezidenti Xans Keningsman jarayon davomida undan tafsilotlar haqida emas, Maskning parvozga tayyorgarlikdagi roli haqida gapirişini istayotganlarini sezib qoladi. «Ular ma’lumotlarni yaşirişni istayotgandek tuyuldi. E’tiroz bildirdim, lekin baribir voqeaning özgartirilgan talqinini e’lon qildik», deb eslaydi u.
Ammo hammasi Maskning odamlari xohlaganiday silliq keçmaydi. Fuqaro aviatsiyasidagilar alohida tekşiruv ötkazib, Space X'ni heç qanday asossiz parvozni tezlatişda ayblaşadi. Tekşiruv xulosasida raketa parvozi taxminlarga asoslangani va xavfsizlik intizomiga rioya qilinmagani aytilgan. Space X'da bu tanqidlarning ba’zilarini qabul qilişadi, lekin şu bilan birga aynan fuqaro aviatsiyasidagilar taqdim etgan ob-havo ma’lumotlari yetarliça töğri bölmaganini ham «qistirib ötişadi».
Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi Space X'ni jarimaga tortmaydi, lekin ikki oy davomida raketa uçirişni taqiqlaydi. Bu vaqtda Mask boşqarmani tanqid qilişdan töxtamaydi. «Kosmik bölimda asosigaça xato bölgan tizim amalda. Bunaqa talablar bilan insoniyat heç qaçon Marsga yetib bora olmaydi», deb yozadi Mask xususan.
Ilon Mask iş stolida, 2004 yil mart oyi. El-Segundo, Kaliforniya
Paul Harris / Getty Images
Space X'ni yaratiş ğoyasi Maskda PayPal'dan ketganida paydo böladi. 2012 yil Wired naşri bilan intervyuda Mask NASA saytiga kirib, Marsga uçiş jadvalini qidirganini aytib bergan. «Avvaliga xato joyga kirib qoldim deb öyladim. Nega heç qanday reja, heç qanday jadval bölmagan? Umuman heç narsa», degandi öşa suhbatda Mask.
2001 yilda Mask koinotga qiziqadigan jöşqin tadqiqotçilardan iborat jamoa tuzadi-da, Los-Anjyelesga yöl oladi. Aynan Kaliforniya AQŞdagi kosmik sanoat markazi hisoblanadi. U yerda injyener va tadbirkorlar öz raketasini yasaydigan loyiha – Space X'ga asos soladi. U vaqtda eng kuçli tadbirkorlar ham öz pullarini koinot atrofidagi loyihalarga tikmasdi.
Mask uçun hammasi kutilganidan ham qiyin keçadi. 2008 yilda u Space X va Tesla'ga deyarli bor pulini tikib bölgan, şu sabab bankrot yoqasiga kelib qolgandi. Mask navbatdagi sinov parvozi uçun zörğa pul topadigan bölib qoldi. Keyinçalik Mask agar parvozlar nihoyat muvaffaqiyatli çiqmasa, Space X yöqolib ketgan bölişini aytib çiqdi.
Ammo bunday bölmaydi. Nihoyat Mask uçirgan raketa parvozi muvaffaqiyatli çiqib, NASA uning kompaniyasi bilan 1,5 milliard dollarlik şartnoma tuzadi. Bu pullar evaziga Maskning raketasi Xalqaro kosmik stansiyaga kerakli ta’minotni olib borişi kerak edi.
2020 yilda Maskning Space X kompaniyasi orbitaga ikki astronavtni olib uçadi. Bu işni AQŞ 10 yil deganda ilk marta Rossiya iştirokisiz amalga oşiradi. 2023 yilga kelib Space X orbitaga 4519 ta sun’iy yöldoşni olib çiqadi. Taqqoslaş uçun, heç bir xususiy kompaniyaning bu qadar köp sun’iy yöldoşi yöq.
Kosmik tarmoqdagi muvaffaqiyatlar Maskning siyosiy va harbiy ta’sirini oşirib boraverdi. Uning sun’iy yöldoşlari dronlar va raketalarni boşqarişga imkon berar, razvedka uçun esa Yerning unikal suratlarini taqdim eta olardi.
«Starship» kosmik kemasi prototipi bilan sinov ötkaziş jarayoni. Foto: SpaceX
NASA sobiq rahbari Jim Braydenstayn Mask haqida şunday deydi: «Harbiy monopoliyadan yomonroği faqat davlat qaram bölgan xususiy monopoliyadir. Qörqamanki, biz barça tuxumlarni bir savatga soldik va bu savat — SpaceX».
Tvitter va ketamin
2020 yilda Mask ijtimoiy masalada özini liberal deb hisoblaşi, iqtisodiy masalada esa sentrist ekanini aytgandi. Tadbirkorning sözlariga köra, demokratlar Hillari Klinton va Jo Baydenning saylov kompaniyalarini qisman moliyalaştirgan, ularning ikkisiga ham prezidentlik saylovlarida ovoz bergan.
Maskning ritorikasi 2022 yil mart oyidan özgara boşladi. Öşanda tvitter misgendering (suhbatdoşning jinsiga töğri kelmaydigan) mavzusidagi hazili sabab Babylon Bee satirik akkauntini bloklagan, milliarderning rafiqasi Tulala Rayli esa uni ijtimoiy tarmoqni sotib olib, «voukizm»ga qarşi kuraşişga çaqirgandi.
Oldinroq oxirgi ikki saylovda demokratlarga ovoz berganini tan olgan Mask ötgan yil partiyaviy qaraşlarini ham özgartirdi. U demokratlarni öziga, Tesla va Space X'ga asossiz hujum qilişda ayblab, keyingi saylovlarda respublikaçilarga ovoz berişini aytdi. Öşandan buyon Mask respublikaçi nomzod Ron Desantisni köp marta qöllab-quvvatladi. U hatto Desantisning dasturiga bağişlangan konferensiyada moderatorlik ham qildi.
Yaqinda esa Mask respublikaçilarning navbatdagi nomzodi Vivek Ramasvamini maqtab çiqdi va uni «istiqbolli nomzod» deb atadi.
Tvitterni sotib olgaç undan feyk ma’lumotlar tarqatişda ham foydalandi. Masalan, Nensi Pelosining eri haqida feyk ma’lumot aynan tvitterda keng tarqaldi, lekin unga qarşi umuman kuraşilmadi. Bundan taşqari, Mask Texasda 8 kişini öldirgan qotilni qöllaganlarning postini ulaşdi.
Tvitterni sotib olganidan keyin birinçi qilgan işi kompaniyadagi işçilarning yarmini işdan böşatiş böldi. Bunça köp odam işdan haydalganini esa heç qanday hissiyotsiz e’lon qildi. Qolgan işçilardan tezda ofisdan turib işlaşga qaytişni talab qildi.
Tvitterda reklama joylaştirmaslikka çaqirib kötarilgan #StopToxicTwitter banneri. U 17 aprel kuni Florida ştatidagi Mayami-Biç mehmonxonasi ustidan «uçib ötadi», bu vaqtda bu yerdagi marketing konferensiyasida Mask çiqiş qilayotgandi.
John Parra / Media Matters for America / Getty Images
Verifikatsiya bilan boğliq siyosatning özgargani (endi verifikatsiyani sotib oliş mumkin – tarj.) sabab tarmoqda feyk akkauntlar soni köpayib ketdi. Xabarlar lentasi böyiça qilingan eksperiment sabab esa mijozlar tvitterga reklama berişni rad eta boşladi.
Maskning ba’zi tanişlari uning harakatidagi nomuvofiqliklarni turli dorilarni özi tanlab içişi bilan boğlaydi. Tadbirkor hozirda Janubiy Texasdagi Space X ofisidan uzoq bölmagan uyida yaşaydi va asosiy vaqtini aynan mana şu yerda ötkazib, özini yolğiz his qilişini ham aytgan. Mask öz hayoti «katta yutuqlar, aytilmagan omadsizliklar va doimiy stressdan» iborat ekanini aytadi. Hamkasblaridan biri ham buni tasdiqlaydi: «Ilonning hayoti şunçaki dahşatli, u juda köp stressni boşdan keçiradi, kunni xatlarga javob beriş bilan yakunlaydi va uyğonib yana şu işlar bilan şuğullanadi. 90 foiz odamlar bunçalik bardoşli va öz hayotini qurbon qilişga tayyor odamni uçratmagan bölsa kerak», deydi suhbatdoş.
Mask Twitter nomini X körinişiga keltirişga qaror qilganida, u San-Fransisko markazidagi ştab-kvartira binosidagi yozuvni ham özgartirişga qaror qiladi. Politsiyaçilar demontajni töxtatişgandi.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
The New York Times ma’lumotiga köra, 2018 yilda Tesla direktorlar kengaşi Maskning gallyutsinatsiyaga olib keladigan uyqu dorilarni köp içişidan xavotirga tuşgan. 2022 yilda esa Wall Street Journall Mask oğriq qoldiruvçi ketamin tabletkasiga odatlanib qolgani haqida yozgandi. Yaqinlarining taxminiça, u izolyatsiya sabab köproq tabletka iste’mol qila boşlagan. Turli preparatlarga odatlanişi esa uning taxmin qilib bölmaydigan qarorlar qabul qilişiga olib kelayotgan bölişi mumkin.
Tadqiqotçi Anid Amad ketamin haqida şunday deydi: «Ketaminning oz miqdordagi dozasi algogol kabi ta’sir kuçiga ega. U odatiy vaqtda qilmasligingiz mumkin bölgan harakatlarni amalga oşirişga undaşi heç gap emas. Köproq dozasi esa dissotsiatsiyaga olib kelib, siz özingizni tanangizdan taşqarida his qilasiz. Bu vaqtda özingizni supertalant sohibi sifatida his qilişingiz ham mumkin. Ketamin ta’siri ostida odamlar ğalati harakatlar qilişadi. Agar siz kutubxonaçi bölsangiz, heçqisi yöq, noodatiy nimadir bölmaydi, lekin uçuvçi bölsangiz, ana şunday jiddiy muammolar kelib çiqişi mumkin», degan tadqiqotçi dori haqida.