Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 15 sentabr kuni Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta’sisçi davlatlari rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.
Davlat rahbari tuzilma taşkil etilganidan buyon ötgan 30 yilda Orol dengizi havzasida ekologik xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş masalalarni hal etiş, qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş böyiça özaro muvofiqlaşgan yondaşuvlarni işlab çiqişda jamğarmaning örni va ahamiyatini tahlil qildi.
“Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi – bu, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlarining global miqyosdagi eng ötkir muammolardan birini yeçiş böyiça köp tomonlama hamkorlik borasidagi noyob tajribasidir”, - dedi prezident.
Özbekiston yetakçisi köp tomonlama şeriklik samaradorligini huquqiy va institutsional jihatdan ta’minlaş böyiça muhim vazifalar turganini qayd etib, suv-ekologiya sohasidagi hamkorlikka oid qator amaliy takliflarni ilgari surdi.
Jamğarmaning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş va institutsional mexanizmlarini modernizatsiya qiliş doirasida asosiy hujjat va bitimlarni xatlovdan ötkaziş va qayta körib çiqiş, amaldagi tuzilmani tahlil qiliş va jamğarma tarkibidagi taşkilotlar işini muvofiqlaştiriş va samarasini oşiriş borasida takliflar tayyorlaş, uning faoliyati va hamkorlik masalalarini aniq tartibga soluvçi “Qoida va tartib-taomillar”ni işlab çiqiş taklif qilindi.
“Jamğarmani rivojlantiriş va isloh etiş jarayonlarini tarmoqlararo tamoyil asosida, ya’ni zamonaviy ekologik tahdidlarni hisobga olgan holda, “suv – energetika – oziq-ovqat” tartibidagi kompleks yondaşuvlar negizida amalga oşiriş muhimdir”, - alohida ta’kidladi davlat rahbari.
Asosan milliy rejalar yönalişida amalga oşirilayotgan Orol dengizi havzasi mamlakatlariga yordam körsatiş böyiça törtinçi dasturning ijrosi taşvişga soladigan holatda ekanini bildirib, Özbekiston prezidenti jamğarma boşqaruviga amaldagi dasturni tanqidiy qayta körib çiqiş topşiriğini beriş hamda har bir mintaqaviy loyihaning hajmini va moliyalaştiriş manbalarini belgilagan holda, “yöl xaritalari”ni, ularning ijrosi böyiça kelişilgan jadvalni tayyorlaşni taklif etdi.
Ustuvor mintaqaviy loyihalarni ilgari suriş uçun investitsiya, texnologiya va texnik kömakni jalb etiş masalalari böyiça tizimli hamkorlikni ham kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.








