Samaradorlik oşadi. Butun dunyo uxlayotgan vaqtda siz uyğonib, atrof-muhitning tinçligi, sokinligidan bahramand bölişingiz mumkin. Bu diqqatni jamlaş va işlaş uçun ayni vaqt. Muvaffaqiyatga erişgan köplab insonlar şu boisdan ham kam vaqt içida köproq iş qilib oliş uçun tonggi vaqtlarni ma’qul köradi.
Şaxsiy rivojlaniş imkoniyati. Bu vaqt şaxsiy rivojlaniş, ösiş uçun ayni muddao hisoblanadi. Inson turli faolliklar (masalan, yoga, meditatsiya yoki şunçaki kitob öqiş) orqali jismoniy hamda aqliy jihatdan rivojlanişni davom ettirişi mumkin.
Soğlom turmuş tarzi. Doimiy tonggi 05:00 da uyğoniş boşqa yaxşi odatlarni ham özlaştirişga yordam beradi. Masalan, jismoniy tarbiya, foydali nonuşta tayyorlaş mumkin. Şuningdek, jismoniy, ruhiy salomatlik haqida muntazam qayğuriş ham odatga aylanadi.
Uyquning yaxşilanişi. Qat’iy kun tartibi va erta uyğoniş sabab uyqu ham yaxşilanadi. Bir vaqtda yotiş va uyğoniş sabab organizm uyqu sikllarini boşqarişni örganadi.
Oila uçun vaqt. Agar oilali bölsangiz, ular bilan birga vaqt ötkaziş uçun bu ham bir qöşimça imkoniyat. Ular bilan suhbatni tonggi sokinlikda amalga oşirib köring, sizga xuş kelişi aniq.
Qanday qilib erta turiş mumkin?
Har kuni erta turişda sizga quyidagi maslahatlar kömak berişi mumkin.
Kun tartibini tuzing. Uni aniq belgilab, amal qiling — har kuni hatto dam oliş kunlarida ham.
Bosqiçma-bosqiç moslaşiş. Agar siz odatda keç uyğonsangiz, birdan 05:00 da uyğonişga harakat qilmang. Haftasiga oraliqni 15-30 daqiqaga qisqartib boring va özingiz közlagan vaqtga yeting.
Keçqurun rejalaştiring. Tonggi stressni kamaytiriş va erta turişga keçqurundan tayyorlaning. Bu öz içiga kiyim-keçak tanlovi, nonuşta tayyorgarligi va kun tartibini tuziş kabilarni öz içiga olişi mumkin.
Motivatsiya yarating. Nima uçun tonggi 05:00 da turmoqçi ekaningizni aniqlab oling va buni özingiz uçun motivatsiya sifatida işlating. Bu siz uçun maqsadlarga erişiş, şaxsiy rivojlaniş yoki hayot sifatini yaxşilaş ham bölişi mumkin.








