Foto:linkedin.com

Ba'zi odamlar ertalab uyqudan uyg‘onishga, issiq o‘rindan qo‘zg‘alishga qiynalishadi va faqat peshinga borib o‘zlariga kela boshlashadi. "Layfxaker" ana shunday kishilar uchun zarur tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

1. Uyqudan turish uchun sabab toping

Motivatsiya sizni issiq o‘rindan turib, ertalabki ishlarga kirishishga majbur qiladi. O‘z oldingizga aniq maqsad qo‘ying. Masalan, loyihani muayyan muddatda topshirish yoki barcha ishlarni kechgacha tugallash. Shu bilan birga, yangi kiyim yoki mazali nonushta haqidagi yoqimli fikrlar ham o‘rindan turishga yordam beradi.

2. Yorug‘lik qo‘shing

Ertalab sizni yorug‘lik, ayniqsa quyosh nurlari uyqudan turishga undaydi. Biroq quyosh chiqmasidan yoki yoqimsiz ob-havoda turishga to‘g‘ri kelsa, elektr energiyasini yordamga chorlang.

Gap shundaki, qorong‘uda uyqu gormoni hisoblangan melatonin faol ishlab chiqiladi. Shu bois soatingiz jiringlashi bilan barcha mavjud yorug‘lik manbalarini yoqing.

3. Kamida 9 daqiqa oyoqda turing

Aynan shu vaqt ichida organizm to‘liq uyg‘onishiga doir nazariya bor. Ayniqsa, bu daqiqalarni maksimal darajada yoqimli qilinsa.

4. Tabassum qiling

Ko‘zgu oldiga keling va o‘z aksingizga tabassum qiling, hatto bunday qilgingiz kelmasa ham. Shunchaki lablarning mexanik harakatidan boshlang. Bu seratonin ishlab chiqarish jarayonini ishga tushiradi.

Amerikalik publitsist Ron Gutman ishonadi: tabassum insonni butun kun davomida energiya bilan quvvatlantirishi mumkin. Gutman TED konferensiyasidagi chiqishi davomida tabassumning ta'sirini ko‘p pulni qo‘lga kiritishga qiyoslaydi.

5. Badantarbiya qiling