Quyosh hali endi dunyoga mo‘ralay boshlagan, yarim odam uyg‘onib ulgurmagan paytdanoq dunyoning bir yerida odamlar allaqachon faol hayot tarziga o‘tib bo‘lishadi.
Kolumbiyaga xush kelibsiz! Bu yerda xo‘rozlar tong otmasdan qichqira boshlaydi, kofe isi oyoqlar polga tegmasdan oldinroq taralib turadi.
O‘rtacha uyg‘onish vaqti
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) hisobotiga ko‘ra, kolumbiyaliklar dunyodagi eng erta turuvchilardir. Ko‘plab kolumbiyaliklar uylaridagi qo‘ng‘iroq soat to‘rt yoki beshda chalinadi. Mamlakatda o‘rtacha uyg‘onish vaqti soat olti yarim deb topilgan. Ro‘yxatga ko‘ra:
· Kolumbiya - 6:31
· Indoneziya - 6:55
· Yaponiya - 7:09
· Meksika - 7:09
· Daniya - 7:19
· AQSh - 7:20
· Germaniya - 7:25
· Braziliya - 7:31
· Kanada - 7:33
· Buyuk Britaniya - 7:33
· Hindiston - 7:36
· Xitoy - 7:42
· Turkiya - 8:02
· Ispaniya - 8:05
· Rossiya - 8:06
· Gretsiya - 8:25
· Saudiya Arabistoni - 8:27 da o‘rtacha uyg‘onish vaqti hisoblanadi.
Sahar boshlanadigan hayot
Kolumbiyada sport zallari tonggi 4-5 dayoq ishlay boshlaydi. Ko‘chalarda to‘rt, to‘rt yarimda ham odamlar ketayotganini ko‘rish mumkin, soat oltida esa ba’zi universitetlarda darslar boshlanadi. Turli uchrashuvlar soat beshga ham qo‘yilishi mumkin.




















