1-avgust kuni Özbekiston Mudofaa vazirligining Farğona garnizonidagi harbiy qism hududida öq otiş sporti majmuasi hamda sport zali oçildi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Tadbirda Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Şuhrat Xolmuhamedov, Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov hamda jamoatçilik vakillari qatnaşdi.

Ma’lum qilinişiça, harbiy-ma’muriy sektor mablağlari hisobidan barpo etilgan majmua qurilişi 2025-yil sentyabr oyida boşlangan bölib, 2026-yil iyul oyida yakunlangan.
Majmua tarkibidan nazariy öquv sinfi, öquv va yöriqçilar xonalari hamda 20 ta öq otiş yönalişiga ega zamonaviy tir örin olgan. Inşoot bir vaqtning özida 20 nafargaça sportçi va maşğulot iştirokçilarini qabul qiliş imkoniyatiga ega.
Tadbirda mehmonlarga amaliy öq otiş maşğulotlari, fotoelektron trenajyorlarda öquv jarayonlari va körgazmali çiqişlar namoyiş etildi. Şuningdek, viloyatda öq otiş sportini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar va erişilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.

«Bugungi kunda Farğona viloyatida 184 nafar yoş öq otiş sporti bilan muntazam şuğullanmoqda. Yangi majmuaning foydalanişga topşirilişi uşbu sport turini yanada ommalaştiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda harbiy-amaliy sportni rivojlantirişga xizmat qiladi», deyiladi vazirlik xabarida.

















