O‘zbekiston | 10:11 / 22.08.2019
22897
2 daqiqa o‘qiladi

TIV Xanti-Mansiyskda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

Foto: admhmansy.ru

2019 yilning 14 avgust kuni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi o‘rinbosaridan umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishda xorijiy fuqarolariga 2019 yilda qo‘yilgan cheklov olingani to‘g‘risida rasmiy tushuntirish oldi.

TIV xabariga ko‘ra, Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan mazkur soha uchun standartlar (o‘rta maxsus ta'limni tugatganlik, amaliy ish tajribasi, tibbiy kitobcha) va Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki istiqomat uchun guvohnoma (vid na jitelstvo) mavjud bo‘lganda O‘zbekiston fuqarolari Xanti-Mansiysk avtonom okrugida «Oshpaz» kasbi bo‘yicha ishlashlari mumkin.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.

Mavzuga oid