Yakunlanib borayotgan 17 may O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Prezident Sirdaryoda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari viloyatdagi Sardoba suv ombori bilan tanishuvi chog‘ida O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tuzilishini ma'lum qildi. Shuningdek, u Sardoba suv ombori bilan katerda tanishdi (video)
Shavkat Mirziyoyev Gulistonda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihasini ham borib ko‘rdi. Davlat rahbari, shuningdek, shahardagi Sirdaryo Best Fashion korxonasiga tashrif buyurdi. U Mirzaobod tumanida bo‘larkan, Sirdaryoda soya yetishtirish ko‘paytirilib, eksportga chiqarilishi haqida gapirib o‘tdi. Shu kuni prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatning Xovos tumanida ham bo‘ldi.
Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda yangi anjuman
17 may kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman “Xalqaro elektraloqa va axborotlashtirish jamiyati kuni” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda soniyasiga 200 gigabitlik internet – afsona bo‘lmaydi
Aholi qaysi aloqa operatorining mobil xizmatidan ko‘proq shikoyat qilmoqda?
O‘zbekistonda “WannaCry” virusi tarqalmaganiga nima sabab bo‘ldi?
2017 yilda O‘zbekistonda 450ta 4G mobil baza stansiyasi barpo etiladi
O‘zbekistonning boshqa jabhalarida
Shavkat Mirziyoyev yana Turkmanistonga boradi
Shavkat Mirziyoyev moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi
4 oyga bormay ishdan olingan Izboskan tumani hokimi o‘rniga yangi rahbar tayinlandi
Xiva va Shahrisabz viloyat darajasidagi shaharlarga aylantirildi
Tanqid va natija
Vazirlik Shahrixondagi epidemik vaziyat yuzasidan so‘nggi ma'lumotlarni berdi
Xunuk manzara: Qashqadaryoning “hansirayotgan” ot sporti (foto)
«Toshkentgazta'minot» unitar korxonasining Qibray tuman bo‘limidagi tovlamachiliklar
O‘zbekiston telekanallaridagi intellektual o‘yinlarda ko‘zbo‘yamachilik qilinadimi?
Namanganda farzandlari uchun yer so‘ragan nogiron otaxonning muammosi hal etildi
Jahon
Meksikaning shaharlaridan birining barcha politsiyachilari hibsga olindi
Tramp Lavrovga qanday maxfiy ma'lumotni taqdim qilgani oshkor bo‘ldi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hazilomuz fikr bildirdi. Putin, jumladan, Rossiya AQShga Tramp va Lavrov uchrashuvining stenogrammasini yetkazishi mumkinligi haqida ham aytib o‘tgan.
Yevropa ittifoqi Ukraina uchun vizalarni bekor qildi
Bokuda sport bayrami
12 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida «Islom birdamligi o‘yinlari» boshlandi. O‘zbekiston va yana 53 davlat vakillari ishtirok etayotgan turnir 22 may kuniga qadar davom etadi. Bugun ham O‘zbekiston vakillari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha medallarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.