O‘zbekiston | 21:52 / 11.03.2020
15131
5 daqiqa o‘qiladi

Muhokamaga sabab bo‘layotgan avto narxlari, Sandersni yenggan Bayden, Turkiyaga kirib kelgan koronavirus va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 11 mart, chorshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

O‘ZBeKISTON XABARLARI

·       Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish masalasi muhokama qilindi

·       Shavkat Mirziyoyev «Raqamli Toshkent» loyihasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

·       Toshkentning eski shahar hududi tarixiy ko‘rinishdagi turistik savdo zonasiga aylantiriladi

·       O‘zbekistonda 14-15 mart kunlari umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkaziladi

 

Avto narxi oshishi mavzusi

·       UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshirilganini tushuntirdi

·       «Endi olmayman, ataylab olmayman. Achchiq qilib ham olmayman» – Siyosatchilar avtomobil narxi oshishi borasida qanday fikrda?

·       «Monopoliyaga qachon chek qo‘yiladi?» — Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi avtomashinalar narxi oshishini keskin qoraladi

·       «Sayt ichidagi narxnomani imi-jimida yangilab qo‘yish e'lon qilishga kirmaydi». Deputat UzAuto Motors’dan tushuntirish so‘radi

 

Jamiyat

·       Noqonuniy qurilgan, lekin kadastr hujjati bor uylar qonuniylashtirib berilmaydi – «Yergeodezkadastr»

·       O‘zboshimchalik bilan egallab olingan ekin maydonlarining 30 foizga yaqini qaytarildi – Yergeodezkadastr

·       Fuqarolarga yerlar hududlar xususiyatini inobatga olgan holda ajratilishi mumkin

·       Kun.uz’da yangi loyiha: «Nimaga erishdik?»

·       Avtomobil egalaridan olinadigan yig‘imlar miqdori qanday tasdiqlanadi?

·       Ishtixondagi aholi ko‘payib borayotgan chekka qishloqda shifokorlar kamayib ketayotganining boisi nima?

 

JAHON XABARLARI

Pandemiyaga aylanayotgan koronavirus

·       Italiya hukumati koronavirusga qarshi kurashga 25 mlrd yevro ajratishga qaror qildi. Ular Xitoydan yordam so‘radi

·       Koronavirus: Hindiston chegaralarini yopmoqda

·       Tailand O‘zbekiston uchun mamlakatga kelgandan keyin rasmiylashtiriladigan vizani bekor qildi  

·       Koronavirus vahimasi: Qo‘rquvni yengish uchun kasallik haqida nimalarni bilish kerak?

·       Koronavirus sababli 363 mln bola maktabga bora olmayotgani ma'lum qilindi

·       Ozarboyjonda Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilindi

 

Boshqa yangiliklar

·       Afg‘oniston prezidenti mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qildi va «Tolibon» a'zolarini ozod etish haqidagi farmonni imzoladi

·       AQShdagi saylovlar: Bayden Sandersga imkoniyat qoldirmadi

·       Erdo‘g‘an YeI va'dasini bajarmagunicha qochqinlar uchun chegarani yopmasligini aytdi

·       Ar-Riyod: Taxt uchun kurashning yangi pardasi

·       MH17 bo‘yicha sud boshlandi: Rossiyaga qarshi jiddiy dalillar ko‘rsatilmoqda

·       Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini 26 foizga oshiradi

 

SPORT YaNGILIKLARI

·       Kun o‘yinlari: «Liverpul» «Enfild»ga ishonmoqda, «PSJ» Neymardan mo‘jiza kutmoqda

·       Mourinoning halokati va Ilichichning parvozi. YeChLda kun o‘yinlari

·       «Humo» pley-off o‘yinlarini Toshkentda o‘tkaza olmaydi

·       «Manchester Siti» – «Arsenal» o‘yini qoldirildi

Mavzuga oid