Toşkent viloyatida uçta tuman hokimiga intizomiy jazo qöllandi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning 2023 yil 6 fevral kuni imzolagan farmoyişida belgilab qöyilgan.

Jumladan, Çirçiq şahrida va Böstonliq tumanida murojaatlarning keskin köpaygani, murojaatlarni körib çiqişda qonunda belgilangan muddatlarga amal qilinmagani, şaxsiy va sayyor qabullar samarali taşkil etilmagani, tahlil va nazorat işlariga e’tibor qaratilmagani uçun Çirçiq şahar hokimi Davron Abdulpattaxoviç Hidoyatovga va Böstonliq tumani hokimi Jörabek Ilhomoviç Ahmedovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllangan.

Şuningdek, Xalq qabulxonalari orqali kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqib, ijobiy hal qilinişida sustkaşlikka yöl qöygani uçun Bekobod tumani hokimi Furqat Abdusalomoviç Xudoyberdiyevga nisbatan ham hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllangan.

Farmoyişga asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 yanvardagi rayosati yiğilişi 9-son bayoni va Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandi, Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan murojaatlar nusxalari keltirilgan.