Qömita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 15 sentabr kuni kuzatuv ötkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol göşti (suyaksiz göştidan taşqari) 45 000 sömdan 68 000 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg mol göştining (suyaksiz göştidan taşqari) minimal narxi, Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Farğona şahrining «Farğona şahar markaziy dehqon bozori», Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qöyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»dagi arzonlaştirilgan göşt rastalarida qayd etilgan (45 000 söm). Mol göştining maksimal narxi esa, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (68 000 söm).

Qöy göşti 45 000 sömdan 86 000 sömgaça (kg)

Qöy göştining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori», «Qöyliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (45 000 söm) röyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (86 000 söm) kuzatildi.

Kartoşka 2 400 sömdan 6 500 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijalariga köra, Jizzax şahrining «Eski şahar dehqon bozori»da sotuvda bölgan yirik bölmagan kartoşkaning narxi minimal narx sifatida (2 400 söm) qayd etilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilgan saralangan kartoşkaning narxi maksimal narx sifatida (6 500 söm) qayd etildi.

Piyoz 800 sömdan 4 000 sömgaça (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Qarşi şahrining «Qarşi dehqon oziq-ovqat bozori»da (800 söm) röyxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bölgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (4 000 söm).

Sabzi 1 200 sömdan 5 000 sömgaça (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Çirçiq şahrining «Çirçiq şahar dehqon bozori»da (1 200 söm) qayd etilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bölgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 söm) qayd etildi.