Sport | 20:00 / 26.09.2018
28963
2 daqiqa o‘qiladi

Karate federatsiyasida rahbar o‘zgardi. Nurxon Nafasov lavozimini yarim yilga qolmay tark etdi

O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasiga yangi rahbar saylandi. 

«26 sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Universal» sport saroyining majlislar zalida O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qo‘mitasi a'zolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a'zolari ishtirok etishdi», deb xabar qilmoqda O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi matbuot xizmati.

Kun tartibidan viloyat federatsiya rahbarlari, O‘KMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari o‘rin olgandi.

Yig‘ilish davomida federatsiyada yuzaga kelgan bir qator masalalar ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi lavozimiga Alamjon To‘xtasinovich Mullayev nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya ishtirokchilari ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashgan va Mullayev tashkilotning yangi rahbariga aylangan.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bungacha Osiyo sambo ittifoqi prezidenti sifatida ishlab kelgan Alamjon Mullayev endi Nurxon Nafasov o‘rnida ish boshladi.

Nurxon Nafasov shu yilning may oyida 12 yillik tanaffusdan keyin yana O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasiga prezident bo‘lgandi. U bu safar yarim yilga qolmay lavozimni tark etishi sababi noma'lum.

Mavzuga oid