21–23 noyabr kunlari Urganç şahrida karate WKF böyiça Özbekiston kubogi bölib ötdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotga köra, kubokda qatnaşiş uçun Toşkent şahridan borgan 60 nafar sportçiga turnirda qatnaşişga ruxsat berilmagan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bu ma'lumotni tasdiqladi. Vazirlik xabariga köra, tizimning mazkur musobaqaga aloqador barça xodimlari intizomiy jazoga tortiladi.
Rasmiy izohda aytilişiça, Sport vazirligining 2020 yilgi musobaqalar rejasida karate WKF böyiça kattalar, yoşlar, ösmirlar va bolalar örtasida Özbekiston kubogini ötkaziş belgilangan.
26 oktyabr kuni Özbekiston karate milliy federatsiyasi raisi Alamjon Mullayev şu yil uşbu musobaqani 21–23 noyabr kunlari Xorazm viloyati Urganç şahrida ötkazişni sörab, vazirlik tizimidagi Sport yakka kuraşlari böyiça respublika oliy sport mahorati maktabiga murojaat qilgan.

Ammo, 2 noyabr kuni uşbu maktabga Özbekiston karate milliy federatsiyasi prezidenti Nurxon Nafasov ham murojaat qilib, sudning 20 oktyabrdagi qaroriga asosan, federatsiya prezidenti lavozimiga tiklanganini ma'lum qilgan. Federatsiyaning yangi rahbari Özbekiston kubogi bahslarini 19–22 noyabr kunlari Toşkent şahrida ötkaziş böyiça amaliy yordam söragan.

«Holat yuzasidan 10 noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligida navbatdan taşqari yiğiliş ötkazildi. Unda vazirlik va federatsiya rahbariyati, murabbiylar hamda sportçilar qatnaşdi. Yiğiliş qaroriga asosan,


















