Özbekistonda karate sporti muvaffaqiyati sezilarli darajada pasaygani, masalan, 2018 yildan 2020 yil apreligaça ötkazilgan musobaqalarning 3tasida Özbekiston iştirok etmagani, oxirgi 7ta musobaqada birorta medal qölga kiritilmagani qayd etilgan.

«Özbekistonda 2006 yilda karateçilar soni 70 ming nafar bölgan bölsa, 2021 yilga kelib 10 mingga tuşib qolgan. Buning bir sababi OAVda bu sport turining tarğiboti kamaygani bölsa, yana bir sabab federatsiya rahbarlarining özida karate sport turiga mehri bölmagan», dedi federatsiya raisi.

Hozirda Özbekiston karate milliy federatsiyasining binosi ham, moddiy texnik bazasi ham yöqligi, federatsiya ijaraga bino olib faoliyat yuritayotgani aytib ötilgan.

Federatsiya raisi yaqin orada bino olib, uning içida sportçilar şuğullanişi uçun kerak böladigan barça şaroit yaratilişi, 2021-2022 yillarda Özbekiston karate Milliy federatsiyasi bazasi yaratilişini ma'lum qilgan.

Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, OAV va blogerlar uçun taşkillaştirilgan matbuot anjumaniga bir guruh karateçilar ham kelişgan, lekin ular anjumanga kiritilmagan. Bundan norozi bölgan sportçilar anjuman yakunlangaç, zalda töpolon kötarişgan. Ular federatsiyaning kelgusidagi rejalarini bilmoqçi ekanliklari bildirişgan va matbuot anjumaniga kira olişmagani uçun federatsiya raisidan izoh söraşgan.

Nurxon Nafasov holat yuzasidan Kun.uz muxbiriga qisqa intervyu bergan.

«Bu sportçilar eşik oldida nega töplanganini bilaman. Sportçilar bu töpolonda aybdor emas. Ularni murabbiylari bunga majburlaşgan. Men 14 yillik tanaffusdan keyin yana federatsiyaga qaytdim. Şu oraliqda noqonuniy özlaştirilgan pullarni joyiga qöyişsin. Bugun federatsiyadagi nosoğlom muhit bir kunda paydo bölmagan», degan u.

Ma'lumot uçun, Nurxon Nafasov 2006 yilda federatsiya raisligidan çetlatilib, 2018 yil lavozimga qaytgan. Lekin öşa yilning özida, qaytişidan 4 oy ötib, ikkinçi bor federatsiya rahbarligidan çetlatilgan. 2020 yilda esa lavozimga qayta tiklangan.

Federatsiyaning oldingi rahbari Alamjon Mullayevga esa jinoyat işi oçilgan.