Joriy yilning 4-5 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskvada Kosiki karate böyiça ikkinçi jahon çempionati va Syogun kubogi-2022 bahslari bölib ötdi.

Quvonarlisi, uşbu turnirda yurtimiz şarafini himoya qilgan Toşkent şahar fudokan karate-do federatsiyasi önlab mamlakatlar örtasida yaqqol ustunlikni körsatdi.

Federatsiya terma jamoasi yakkakuraşlar va jamoaviy kuraşlar böyiça 13ta oltin, 12ta kumuş va 4ta bronza medallarini qölga kiritib, yakunda umumjamoalar örtasida birinçi örinni egalladi. Bu natija bilan esa vakillarimiz 2023 yil Yaponiya poytaxti Tokio şahrida bölib ötadigan jahon çempionatiga töğridan-töğri yöllanmaga ega bölişdi.


Moskvadan medallar şodasi va mutlaq ğoliblik bilan qaytgan çempionlarimiz kuni keça Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi.
















