Joriy yilning 27 avgust kuni fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudida Özbekiston karate milliy federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning lavozimdan ozod etilişiga oid nizo böyiça iş körilib, tegişli hal qiluv qarori e'lon qilingandi. Unga köra, federatsiyaning N. Nafasovni lavozimdan böşatiş töğrisidagi 2018 yil 26 sentabr kungi yiğiliş bayonnomasi va 2018 yil 27 sentabr kungi buyruq ğayriqonuniy deb topilgan edi.
Bugun, 22 oktabr kuni fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudida mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Karate milliy federatsiyasining şikoyati apellyatsiya tartibida körib çiqildi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sudlov hay'ati federatsiyaning şikoyatini rad etiş, birinçi bosqiç sudining hal qiluv qarorini öz kuçida qoldiriş haqida ajrim çiqardi.
Sudlov hay'atining mazkur ajrimi Nurxon Nafasov Özbekiston Karate milliy federatsiyasi rahbarligidan qonunga zid ravişda çetlatilganini yana bir karra tasdiqlaydi.
Eslatib ötamiz, Nurxon Nafasov ötgan yilning sentabr oyida vazifasidan çetlatilgaç, «Özbekiston Karate milliy federatsiyasining tegişli yiğiliş qarori va 27.09.2018 yildagi 1-sonli buyruqni haqiqiy emas deb topiş töğrisida» fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudiga murojaat qilgandi.

















