07:03 / 27.08.2023
31241

Mustaqillik bayrami arafasida ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalari xodimlari mukofotlandi

Faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanganlar orasida Yodgor Sa’diyev, Yulduz Usmonova, Zulfiqor Musoqov, Turg‘un Azizov va Dilnoza Kubayeva kabi mashhurlar bor.

Foto: Kun.uz

«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Hujjat matni Prezident matbuot xizmatida e’lon qilindi.

«Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin», deyiladi hujjat matnida.

«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

  • A’zamov Abdulla - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri
  • G‘ulomov Qodir G‘afurovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi
  • Zohidov Anvar Abdulahadovich - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dallas shahridagi Texas universiteti professori

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni bilan

  • Urolov Erkin Yunusovich - Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi, baxshi, Qashqadaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi» faxriy unvoni bilan

  • Mamajonov Anvar Olimjonovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom
  • Mansurov Imyar Idrisovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni bilan

  • Jumayev Baxshillo Shirinovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, zardo‘z-usta, Buxoro viloyati

«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan

  • Sherov Abdulla - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

  • Jo‘raboyeva Charosoy Hosiljonovna - «Tumor» raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster
  • Kubayeva Dilnoza Oqilbekovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
  • Penkova Anastasiya Vasilevna -O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri aktrisasi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

  • Ansatbayev Najimatdin - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali rejissyorlik va aktyorlik mahorati kafedrasi professori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Asqarov Ahmadali - Toshkent davlat pedagogika universitetining O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, akademik
  • Iskandarov Sa’dulla -O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi
  • Komilov Erkinboy -O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
  • Kenjaboyev Qamchibek - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Andijon viloyati
  • Salimov Oqil Umurzoqovich -Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi rahbari
  • Hakimov Akbar Abdullayevich -O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti tasviriy va amaliy bezak san’ati bo‘limi mudiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Jo‘rayeva Sanobarxon Raxmonovna - Asaka tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi ansambl xonandasi, Andijon viloyati
  • To‘rayev Aziz Oppoqovich - «Mehr va muruvvat» jamoat fondi raisi
  • Eshbekov Yuldash - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Shuningdek, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatda o‘zaro totuvlik, ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun quyidagilar mukofotlangan:

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

  • Bobomurodova Xosiyat - Samarqand davlat universiteti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi
  • Inoyatov Sulaymon Inoyatovich - Buxoro davlat universitetining yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori, Buxoro viloyati
  • Madreimov Polat Shamshetovich - «Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli bosh baletmeysteri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Matyoqubova Gavhar - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi sahnalashtiruvchi baletmeysteri
  • Sa’diyev Yodgor Habibovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori
  • Salimov Olimjon - O‘zbekiston davlat drama teatri bosh rejissyori
  • Usmonova Yulduz Ibrohimovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
  • Hasanova Muhtaram Urushovna - Boyovut tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Sirdaryo viloyati

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

  • Azizov Turg‘un Tursunovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
  • Jalilov Ismoiljon To‘laganovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori
  • Musoqov Zulfiqor Jalolovich - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi kinorejissyori

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Abdullayeva Azatxon - Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktrisasi
  • Abdullayeva Munavvara - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining musiqali, dramatik teatr va kino san’ati kafedrasi professori
  • Allamuratov Mengnar Mamayusupovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari, shoir
  • Zokirov Rahmatilla Husanovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, milliy musiqa cholg‘ulari ustasi
  • Zaripova Karima Faxritdinovna - Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji direktori
  • Irismetov Murodjon Ergashevich - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
  • Komilov Mirzayan Mirzaahmedovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, akademik
  • Qayumova Odinaxon Zokirovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, do‘ppido‘z, Andijon viloyati
  • Qo‘ziyev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi
  • Nishonov Bahodir Esonovich - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyori
  • Rajabov Qahramon Kenjayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti bosh ilmiy xodimi
  • Usmonova Malika Shamsutdinovna - Toshkent shahar perinatal markazi direktorining neonatal xizmati bo‘yicha o‘rinbosari
  • Ergashev Orziqul Murotovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  • Jabborova Yulduz Qosimovna - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining kafedra professori

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Abdiyev Allanazar Idireysovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Abdullayeva Umida Zokirjonovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • A’zamov Miraziz Mirg‘aniyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • A’zamxo‘jayev Saidakbar Saidovich - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining islom tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori
  • Azatova Feruza Murataliyevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Shodlik» ashula va raqs ansambli baletmeysteri
  • Azimov Sharif Tursunovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kulol, Samarqand viloyati
  • Alimasov Viktor Aleksandrovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining madaniyat va san’at menejmenti kafedrasi professori
  • Babaxanova Danisiya Dayanovna - O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi
  • Vildanov Djiangir Rumilevich - Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kollejining estrada aktyorligi bo‘limi katta o‘qituvchisi
  • G‘oziyev Yunusali - Marhamat tumanidagi «Andijon samosi» xalq havaskorlik dorbozlar guruhi badiiy rahbari, Andijon viloyati
  • Davronov Behzod Damirovich - Rossiya Federatsiyasi davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Jabborov Nurboy Abdulxakimovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri
  • Zunnunova Sevara Zakirjonovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri modeler rassomi
  • Irzayev Bahrom Shaymamatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi
  • Ismatullayeva Barnoxon Adiljon qizi - Germaniya Federativ Respublikasi Gannover davlat opera teatri solisti
  • Isroilov Anvar Shavkatovich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, naqqosh, miniatyurachi rassom, Toshkent shahri
  • Israilov Umid Shavkatovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
  • Qosimov Rifatilla Kudratullayevich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori
  • Kim Lyudmila Sergeyevna - Guliston ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
  • Ko‘chiyev Ismatboy - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, publitsist
  • Quvatov Umriuzoq Yuldashovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi xonandasi
  • Qo‘chqorova Muhabbat Uzoqovna - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, kashtado‘z, Buxoro viloyati
  • Mamatova Shirin Mamajonovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
  • Mannopov Sultonbek - Farg‘ona davlat universitetining musiqa ta’limi kafedrasi mudiri, professor, Farg‘ona viloyati
  • Meldebekov Akjol Meldebekovich - Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati institutining estrada xonandaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Milova Violetta Fedorovna - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining maxsus fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi
  • Mirzayev Akmaljon Burxonovich - Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri aktyori
  • Muqimov Komil - O‘zbekiston Milliy universiteti professori, akademik
  • Murodov Shonosir Shoazizovich - Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi uslubchisi
  • Najmiyev Amridin - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ganchkor usta, Samarqand viloyati
  • Nazarimbetov Bazarbay Matjanovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri vokal artisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Nasimov Hilol To‘lqinovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, postanovkachi rejissyor
  • Ne’matov Zikrillo Xayriyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • Pogorelova Olga Vasilevna - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining numizmatika va maxsus saqlash fondi ilmiy xodimi
  • Rahmonov Karimboy - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi direktori
  • Rustamxo‘jayev Shokirxon Shodmonxo‘ja o‘g‘li - Adabiyotshunos, matnshunos, Andijon viloyati
  • Risyukova Yuliya Vasilevna - O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktorining o‘rinbosari
  • Sultonova Shahnoza Abduvohidovna - Toshkent davlat texnika universitetining mashinasozlik fakulteti dekani
  • Saydumarov Murtazo G‘oziyevich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xorijiy tillar kafedrasi dotsenti
  • Salimov Shoqahhor Muhabbatovich - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, publitsist
  • Safyanova Venera Muzagidovna - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi
  • Turobjonov Sadriddin Mahamatdinovich - Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor
  • Utepbergenova Bibirabiga - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq cholg‘ulari orkestri faxriy xonandasi
  • Umrzoqov Boltaxo‘ja Ermatovich - Toshkent davlat texnika universitetining umumiy fizika  kafedrasi professori
  • Faktorovich Gilsina Aksanovna - Samarqand viloyati rus drama teatri aktrisasi
  • Faxargaliyev Ravil Nagimovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri orkestr sozandasi
  • Xamidova Marfua Azizovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori
  • Xarchenko Olga Ivanovna - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining axborot uzatish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari
  • Xushvakov Nabi Olimovich - Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori, Qashqadaryo viloyati
  • Sharipov Boboxon - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarjimon
  • Eshtuxtarova Oliya - Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktrisasi
  • Yo‘ldoshev Shohrux Alisherovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
  • Yanov-Yanovskiy Dmitriy Feliksovich - O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, kompozitor

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  • Abdug‘affarov Abdusattor Abdujabborovich - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
  • Qodirova Husniya Abdurasulovna - Kasbi tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Masharipova Dano Yangiboyevna - Chirchiq shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent viloyati
  • Tojiboyeva To‘lqinoy Obidjonovna - Oltiariq tumanidagi 19-maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, Farg‘ona viloyati
  • Xolmirzayeva Sayyora Shukurovna - Toshkent davlat agrar universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
  • Chukkiyev Rashit Abduvaxabovich - Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktyori
  • Ergashev Zokirjon - Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktabining puflama va zarbli cholg‘ular kafedrasi mudiri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

  • Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna - Samarqand davlat tibbiyot universitetining davolash ishlari bo‘yicha prorektori  – ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori, Samarqand viloyati
  • Abdurahimov Zohid Abduvosiqovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sanator-kurortlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
  • Boltayev Abdukarim Majitovich - Boysun tumani tibbiyot birlashmasining «Machay» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Surxondaryo viloyati
  • G‘aybullayeva Shahzoda Jalalovna - Sardoba tumani tibbiyot birlashmasining «G‘afur G‘ulom» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Sirdaryo viloyati
  • Nadirova Saodat Fayzillovna - Nishon tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori, Qashqadaryo viloyati
  • Saidov Maqsud Orifovich - Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori
  • Xalimova Zamira Yusufovna - Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
  • Halilov Najmiddin Shermatovich - Tomdi tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Navoiy viloyati
  • Yunusov Abdulmajit Abdulahatovich - Bag‘dod tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Farg‘ona viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

  • Jonizoqova Sayyora Sonnibayevna - Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasining 17-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati
  • Jumaboyeva Marg‘uba Umirbekovna - Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri
  • Toshboyev Rahimjon Ahmedovich - Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  • Qo‘chqorov Islomjon Nurali o‘g‘li - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
  • Saydaliyev Javohir Abdurayim o‘g‘li - O‘zbekiston davlat simfonik orkestri sozandasi
  • Solijonov Xushnudjon Xurshid o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi

«Shuhrat» medali bilan

  • Abduxoliqov Mansur Maqsudovich - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi postanovkachi kinorejissyori
  • Bekturdiyev Akbar Egamberdiyevich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, postanovkachi kinorejissyor
  • Ganjayeva Lola Atanazarovna - Xorazm Ma’mun akademiyasining tabiiy fanlar bo‘limi boshlig‘i
  • Gukasyan Narine Rudolfovna - U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasi logopedi
  • Jiyemuratova Gozzal Dauletiyarovna - «Ayqulash» Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli raqqosasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Jumayeva Malika Abidovna - Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Buxoro viloyati
  • Isamova Karomat Qodirovna - Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori
  • Ishoqova Elsevar Jasurovna - «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat unitar korxonasi liboslar bo‘yicha postanovkachi rassomi
  • Ishmuhamedova Shahzoda Ravshanovna - O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri aktrisasi
  • Yo‘ldosheva Muhabbat Xusnidinovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, tarjimon
  • Yo‘ldashov Turg‘unpo‘lat Valiyevich - Surxondaryo viloyati san’at saroyi bosh rejissyori
  • Qoraboyeva Farog‘at Rixsiboyevna - Olmazor tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-internat uyi enagasi, Toshkent shahri
  • Karimova Gulchehraxon Tohirovna - Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati mumtoz raqs fani o‘qituvchisi
  • Qosimov Ubaydulla Pathullayevich - Respublika «Usto» uyushmasiga qarashli «Sharqona sayqal» xususiy korxonasi miniatyurachi rassomi
  • Keldiyev Anvar Farhodovich - Forish tumanidagi «Bog‘don» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Jizzax viloyati
  • Kudryavseva Nadejda Anvarovna - Farg‘ona viloyati rus drama teatri aktrisasi
  • Qurbonov Negmat Tuyg‘unovich - Samarqand shahridagi 5-imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus madaniyat markazi rahbari
  • Lushnikova Yelizaveta Valentinovna - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining arxeologiya fondi ilmiy xodimi, Samarqand viloyati
  • Mamasodiqov Nurillo Shukrullayevich - Farg‘ona shahridagi «Meridian Diagnostic Hospital» tibbiyot markazi rahbari, Farg‘ona viloyati
  • Masharipov Odamboy Vapayevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Xorazm viloyati
  • Masharipova Nargiza Otaxonovna - Urganch davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, Xorazm viloyati
  • Nurilloyev Baxtiyor Baxshilloyevich - Romitan tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabining an’anaviy xonandalik sinfi o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Odilov Murodjon Shuhratovich - «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» davlat unitar korxonasi kinorejissyori
  • Oxunov Mansurjon Nosirovich - Uchko‘prik tumanidagi «Hangoma» havaskorlik teatri rejissyori, badiiy so‘z ustasi, Farg‘ona viloyati
  • Rahimov Bahrom Abdiyevich - Dehqonobod tumani madaniyat markazining baxshichilik to‘garagi rahbari, baxshi, Qashqadaryo viloyati
  • Ro‘ziyeva Shohista Abdulhamidovna - Andijon shahar ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Andijon viloyati
  • Ro‘zimurodov Ro‘zimurod Narzulloyevich - Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sadirova Farog‘at Nishonovna - Konimex tumani «Do‘stlik» madaniyat markazi badiiy rahbari, Navoiy viloyati
  • Saidova Feruza Kamilevna - «Yangi avlod forumi» bolalar ijodiyot markazining teatr to‘garagi rahbari, kino aktyori
  • Soliyev Adham Umarovich - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
  • Sohibnazarov San’atillo Nasrulloyevich - Respublika «Hunarmand» uyushmasi a’zosi, yog‘och o‘ymakorligi ustasi, Samarqand viloyati
  • Stejka Veronika Yurevna - «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasi artisti
  • Toyirov Jamol Muxidinovich - Buxoro tumanidagi «Mavji Buxoro» folklor-etnografik xalq ansambli badiiy rahbari, Buxoro viloyati
  • Umirova Inobat Mo‘minovna - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
  • Fadeyeva Tatyana Valerevna - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining teatr bezagi rangtasviri  kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Xashimov Akram Abdiyevich - «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari
  • Xudoyberdiyeva Gulbahor Saydahmatovna - Arnasoy tumanidagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Jizzax viloyati
  • Hasanov Hamza Rustamovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
  • Shafiyeva Maryam Fuatovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
  • Eshonqulov Begali Nurali o‘g‘li - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Top