Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi barcha kasb-hunar markazlari «O‘zbekneftgaz» AJ tizimiga biriktiriladi
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga keldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qashqadaryoda ishsizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Men “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev bilan batafsil gaplashdim. Qashqadaryoda bu jamiyat ishtirokida yangicha tizim yo‘lga qo‘yamiz. Bunda neft va gaz sohasining viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta yirik korxona mutaxassislari tajribasidan foydalanamiz. Endi, hududdagi barcha kasb-hunar markazlari ikkita eng yirik bo‘lgan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodiga biriktiriladi.
Bu degani, shu korxona mutaxassislari talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni viloyat bo‘yicha tayyorlash rejalarini belgilaydi, o‘quv dasturlar va metodikasini amaliyotdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqadi, har bir yosh o‘quvchi o‘qish jarayonida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tishini tashkil etadi.
Yangi ochilgan monomarkazda IT, murakkab uskuna operatori va boshqa yuqori texnologik mutaxassisliklar o‘rgatiladi. Shuningdek, har bir tumanda kamida beshtadan, jami viloyatda 90 ta kasbga o‘qitish maskanlarida tumanning ixtisosligidan kelib chiqib, yoshlar va ishsizlar kasbga bepul o‘qitiladi.
Shu tizim orqali, kelgusi besh yilda 150 mingdan ziyod ishsizlar va yoshlar tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitiladi. Bundan tashqari, Shahrisabz, Kitob, Kasbi hamda Qarshi shahrida hunarmandchilik markazlari qurilib, 15 mingdan ziyod yoshlar shogirdlikka olinadi”, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
08:10 / 17.11.2025