New York Times naşri AQŞ prezidenti Donald Trampga xorijiy davlatlardan yuborilgan sovğalarni tilga oldi. Ular qatorida Qatardan haşamatli samolyot, Saudiyada bir juft qoplon va Özbekiston prezidenti tomonidan tuhfa qilingan «nafis işlangan» şiyponlar bor.

Özbekiston şiyponlari – Trampning Amerika qahramonlari milliy boği barpo  etilişi rejalaştirilgan Ğarbiy Potomak parkida namoyiş etiladi.

2026-08-24 15.39.33
Foto: Endryu Leyden / New York Times

Naşrning yozişiça, sönggi kunlarda bu yerda Toşkentning poçta yorliqlari yopiştirilgan ulkan qutilarni taşiyotgan yuk maşinalari közga taşlangan.

«Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev anʼanaviy özbek şiyponlarini saxovat bilan hadya qildi. Prezident Donald Tramp [ularni] AQŞ xalqi nomidan qabul qilib oldi», deya AQŞ Içki işlar departamenti aloqalar böyiça direktori Keti Martinning sözlarini keltirmoqda NYT.

2026-08-24 15.39.17

Maʼlum qilinişiça, Ğarbiy Potomak parkiga taşrif buyuruvçilar şu yil kuz fasli oxiridayoq «nafis işlangan ayvonlardan bahramand bölişlari» mumkin.

Uşbu hadyani Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Siddiqov ham tasdiqladi. Uning aytişiça, özbek sanʼati asari Vaşingtondagi Amerika qahramonlari boğining bir qismiga aylanmoqda.

«Özbekiston prezidentining AQŞ prezidenti va Amerika xalqiga sovğasi bölgan ikkita anʼanaviy özbek şiyponi (ayvoni) özaro döstligimiz va strategik şerikligimiz ramzi bölib xizmat qiladi», deyiladi elçining postida.

NYT tarqatgan va elçi joylagan