Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toşkentda “Ozarboyjon” boğini barpo etiş işlarini boşlab berdilar.

Boğ uçun Yangi Toşkentda 4 gektar maydon ajratilgan. Bu yerda Ozarboyjonning boy madaniyati, köp asrlik tarixi va milliy anʼanalarini aks ettiradigan zamonaviy jamoat makoni taşkil etiladi. U ikki qardoş xalqning madaniy yaqinligi va döstligini namoyon etadigan maskanga aylanadi.

Taʼkidlaş joizki, bunday ezgu taşabbus ikki tomonlama xususiyatga ega. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat taşrifi doirasida Boku şahrining “Oq şahar” hududida “Özbekiston” boğiga tantanali ravişda tamal toşi qöyilgan edi.

4,5 gektar maydonda taşkil etiladigan uşbu majmuada Özbekistonning boy madaniyati va anʼanalari, milliy meʼmorçilik maktabi öziga xos tarzda namoyon etiladi. Unda Özbekiston tarixiy obidalarining meʼmoriy timsollari, yaşil hududlar va sayr maskanlarini barpo etiş közda tutilgan.

Şu tariqa Toşkentdagi “Ozarboyjon” va Bokudagi “Özbekiston” boğlari ikki xalqning köp asrlik döstligi, özaro hurmati va maʼnaviy yaqinligining yana bir yorqin ramzi böladi.

Davlat rahbarlari bölajak boğ hududida ramziy kapsulani joylaştirib, loyihani amalga oşirişga start berdilar.