24-avgust kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Ozarboyjon sammitining ikkinçi kuni tadbirlarida iştirok etiş uçun Buxoro şahriga keldi.
Prezidentning Buxoroga taşrifi xayrli amal - Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qilişdan boşlandi.

Ziyorat çoğida Qurʼon oyatlari tilovat qilinib, xalqqa tinçlik-farovonlik tilab duo öqildi.

Bahouddin Naqşband majmuasi islom olamining uluğ qadamjolaridan biri hisoblanadi.
Mazkur ziyoratgoh Naqşbandiya tariqatining asosçisi Bahouddin Naqşband dafn etilgan joyda barpo etilgan.

Bugungi kunda majmua maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma hamda söfiylik tarixi muzeyini öz içiga oladi.

Özbekiston – Ozarboyjon sammiti doirasidagi tadbirlar Buxoro şahrida davom etadi.













