Viloyat IIB xabariga köra, boşqarma tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qölyozma nusxasi Namangan şahridagi xonadonlardan biriga yaşirib qöyilgani aniqlangan.
Öğirlikda gumon qilinayotgan ikki nafar şaxs qölga olingan.
XIX asr oxirida yozib tugatilgan mazkur Qur’oni Karim muşafi Çortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlanayotgandi.
Qur’oni Karim muşafi töliq ipak matodan tayyorlangan bölib, u 1874 yilda yozib tugatilgan. Kitobning böyi 74 santimetr, eni 51 santimetr va qalinligi 12 santimetr bölgan. 426 betdan iborat kitobning har bir betiga 13 qatordan oyatlar yozilgan.
Qölyozma Mavlono Xoja Lutfulloh Çustiy xonaqohi va mozoriga daxldor hisoblanadi. U 1995 yilgaça Qirğizistonning Özgan şahrida, Toşkentda imomlik qilgan va yaşagan Eşonxon Oqilov xonadonida saqlangan. 1995 yilda kitobni namanganlik Kamolxon Muhiddinov öz yurtiga olib kelgan. 2017-2019 yillarda, Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi ta’mirlangandan söng qölyozma öşa yerga olib çiqib qöyilgan edi.












