Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam beriş yönalişidagi siyosatini kuçaytiradi. Jamğarma ijroçi direktori Kristin Lagard, XVJ mintaqaviy konferensiyasi yakunlariga bağişlangan brifingda şu haqda ma'lum qilgan. 

Uning sözlariga köra, mintaqaning köplab davlatlari "mintaqaviy integratsiya va savdoni rivojlantiriş" yölidan bormoqda, ammo bu sohada "köproq işlarni amalga oşiriş mumkin". 

"XVJ mintaqaning barça mamlakatlariga yordam bermoqda, köp tomonlama maslahatlaşuvlar ötkazmoqda, moliyaviy siyosatga oid takliflar beryapti", - deb qayd etgan Lagard. 

Uning e'tirof etişiça, jamğarma mintaqaning ikki mamlakatiga moliyaviy yordam körsatmoqda hamda qöşma loyihalarni hayotga tatbiq etib kelayapti. 

Lagardning aytişiça, "yana bir mamlakat bu borada muzokaralar bosqiçida. Biroq eng asosiysi Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari "özaro" boğliqdir". 

"Ularning taraqqiyot darajasi turliça, ayrimlari xorijdan yuboriladigan pullarga muhtoj, boşqalari xom-aşyo narxlarini kuzatib turişadi. Biroq ularning barçasi bir-biriga çambarças boğliqdir", - degan Kristin Lagard.