May örtasida Qirğiziston parlamentida radioçastotalarning noqonuniy sotilişi böyiça mojaro avj olgan. Deputatlarning versiyasiga köra, 2 ta radioçastota Qirğizistonning mobil operatorlaridan biriga 1000 va 700 qirğiz somiga sotilgan. Buning natijasida esa davlatga köp milliard somlik zarar yetkazilgan.

Uşbu iş böyiça qözğatilgan jinoiy iş böyiça Qirğiziston davlat aloqa agentligining sobiq direktori Natalya Çernogubova va maxsus xizmatlarning bir qator xodimlari qölga olingan. Parlamentning 20 maydagi yiğilişida deputat Janar Akayev boş vazir uşbu işga aloqador bölişi mumkinligini aytgan. Akayevning fikriça, radioçastotalar boş vazirning ruxsatisiz sotilgan bölişi mumkin emas. U yetkazilgan zararni 5 mlrd qirğiz somiga baholagan. 

“Mamlakat koronavirus infeksiyasi va uning iqtisodiyot uçun oqibatlariga qarşi kuraşayotgan bugungi murakkab şaroitda, hukumat barqaror işlaşi va fuqarolarning töliq işonçiga ega bölişi lozim, mavhumlik esa hukumatning tölaqonlik işiga xalaqit qiladi. Bu nuqtayi nazarlardan kelib çiqib, özimdan Qirğiziston Respublikasi boş vaziri vakolatlarini topşirişga qaror qildim”, deb aytgan Abilgaziyev.

Boş vazir radioçastotalar sotilişi işi böyiça tergovga bosim ötkazişda ayblovlardan qoçiş maqsadida may oxirida ikki haftalik ta'til olgan. “Men avval ham gapirganman va yana bir bor ta'kidlab ötmoqçiman, bu işga heç qanday aloqam yöq, mening nomimga bildirilayotgan ayblovlar heç qanday asosga ega emas. Ikki haftalik ta'tilim davomida tergov idoralari menga birorta savol bilan murojaat qilmadi. Işonçim komilki, tergov barçasini öz örniga qöyib, qonunning buzilişidagi haqiqiy aybdorlarni aniqlaydi”, deb davom ettirgan öz sözlarini Abilgaziyev.

“Öz işimda doim halol va oçiq-oydin işlaganman, umumiy işga foyda keltirişga harakat qilganman va aminmanki, kelgusida öz bilimlarimni va töplagan tajribamni mamlakat va jamiyat ravnaqi uçun qöllaşimga yana imkoniyat böladi”, deb öz sözlarini yakunlagan endilikda sobiq boş vazir. 

Abilgaziyev uşbu lavozimni 2018 yildan beri egallab kelayotgandi.