Toşkent şahri tumanlari hokimlari televideniye orqali murojaat bilan çiqişdi. Ayrimlari uzr söraşdi
|15:59 / 24.07.202058 6699 min
23 iyul kuni Toşkent şahri tumanlari rahbarlari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etişda bahamjihat harakat qiliş maqsadida öz tumanlari aholisiga töğridan töğri efir orqali murojaat qilib çiqişdi.
«Oilaviy» telekanali efirida uzatilgan murojaatda tuman hokimlari bilan birga sektor rahbarlari, Mudofaa, FVB, SSB, SeOM rahbarlari ham iştirok etişdi.
Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Şomurodov va tuman rahbarlari öz vaqtida amalga oşirilmagan çora-tadbirlar natijasida ölim holatlari yuz bergani uçun uzr söraşdi.
B.Şomurodov tumandagi 13-oilaviy poliklinikada Covid-19 markazi tayyorlanganini e'lon qildi. Oilaviy poliklinikalar huzurida taşkil etilgan işonç telefoni raqamlariga koronavirus böyiça murojaat qiliş mumkinligi ma'lum qilindi.
Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkat Ergaşev koronavirusga qarşi kuraşda tuman rahbariyati har bir fuqaro bilan istalgan vaqtda töğridan töğri muloqotga tayyorligini bildirdi.
«Har birimiz töğridan töğri muloqot qilişga tayyormiz. Hududlarda xizmat körsatayotgan tibbiyot xodimlarining kuçi yetmagan joyda biz yuzaga kelgan muammoni hal etişga tayyor ekanimizni yana bir bor eslatib ötmoqçiman.
Murojaatimizning asosiy mohiyati fuqarolarimizning qörquvga berilmasligi, pandemiyadan xavotir olmasliklari, biz ularning yonida ekanligimiz, tun-u kun telefon raqamlarimiz işlab turişi, barça savollarga javob berişimizni eslatib ötmoqçiman», dedi tuman hokimi öz çiqişida.
Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov tumanda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar va halok bölganlar mavjudligida hokimlikning ham aybi borligini tan oldi.
«Şahrimizda Covid-19 infeksiyasi bilan zararlangan fuqarolar soni ortib bormoqda. Açinarlisi, bu kasallik oqibatida hayotdan köz yumayotganlar ham bor. Bunda bizning ham aybimiz bor. Şuning uçun sizlardan uzr söraymiz...
Mavzuga oid
Sizning salomatligingiz uçun barça çora-tadbirlarni amalga oşiramiz. Dori-darmonlar bilan zarur holatda ta'minlaymiz, barça murojaatlaringizga javob beramiz. Biz tomonimizdan körilayotgan barça çoralar, olib borilayotgan işlar faqatgina siz bilan birgalikdagi harakat natijasida ijobiy samara beradi, deb öylaymiz. Sizdan iltimos, karantin qoidalariga töliq rioya qiling», dedi u öz murojaatida.
Uçtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev ham tuman ahlidan uzr sörab, tuman rahbariyati 24 soatlik iş vaqtiga ötganini ma'lum qildi.
«Avvalambor, biz sektor rahbarlari xalqimizdan uzr söraymiz. Kasallikka qarşi kuraşiş borasida ma'lum bir vaqt davomida xotirjamlikka beriliş sababli kasallik soni oşib ketdi. Muhtaram yurtboşimizning 15 iyul kuni ötkazilgan videoselektoridan keyin biz sektor rahbarlari iş uslubimizni özgartirdik. Xususan, 24 soatlik iş vaqtiga ötdik», dedi u.
Farhod Abdullayev tumandagi tibbiyot muassasalaridagi şaroit va holatni ma'lum qilgaç, yana bir bor tun-u kun aholi murojaatlarini eşitişga tayyor ekanini eslatdi.
«Biz 4ta sektor hamda mas'ul rahbarlar 24 soatlik iş vaqtidamiz va ekrandagi telefon raqamlari orqali boğlanişingiz mumkin. Fuqarolarimizning murojaatlarini 24 soat davomida qabul qilamiz va zudlik bilan ijobiy hal qilamiz», dedi tuman hokimi.
Çilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov ham tumanda kuzatilgan ölim holatlari uçun odamlardan keçirim söradi.
«Tumanimizda kasallikka çalinganlar va vafot etganlar bor. Buning uçun özim va jamoamiz nomidan uzr sörayman. Bunga işni töğri taşkil qilmaganimiz sabab bölgan. Tumanimizda 8ta oilaviy poliklinika bor va qöşimça yana bitta klinika taşkil qildik. Bundan taşqari, tumanimizdagi xususiy klinikalarda ham koronavirusdan davolaniş uçun şaroit yaratildi.
Hurmatli çilonzorliklar, hozir vahimaga tuşmasligimiz muhim. Belgilangan tartiblarga amal qilsak, koronavirusni yengamiz. Ekranda körsatilgan telefon raqamlariga istalgan vaqtda qönğiroq qiling. Bu sektor rahbarlarining şaxsiy telefon raqamlari. Poliklinika yoki kasalxona tomonidan sizga yordam berilmasa, bizga murojaat qiling. Bir tan-u bir jon bölib harakat qilsak, şu vabodan qutulamiz», dedi Çilonzor hokimi.
Bektemir tuman hokimi Şohrux Mamajonov hududda taşkil etilgan 4ta mobil guruh 4ta ştabga biriktirilganini aytdi.
«Avvalo koronavirus pandemiyasi kirib kelgani uçun sizlardan uzr söraymiz. Tumanimizda ayni damgaça 164 kişi virus yuqtirgan. Ulardan 131 nafari uy şaroitida, 33 nafari tibbiyot birlaşmalarida davolanmoqda. Hurmatli fuqarolar, sizlardan karantin çeklovlariga amal qilişingizni iltimos qilamiz.
Tumanimizda taşkil etilgan ştabda 4ta mobil guruh taşkil etilgan va ular 4ta sektorga biriktirilgan. Tuman ştabidagi telefonlar 24 soat işlamoqda. Tumanimiz aholisidan şifokorlar bilan birga kuraşişni sörab qolamiz», degan Bektemir hokimi.
Mirobod tuman hokimi Şuhrat Pölatov hududdagi uçta kasalxonada virus yuqtirganlarni davolaş uçun 260ta joy tayyorlanganini aytdi.
«Pandemiya boşlangandan buyon Mirobod tumani hokimligi tomonidan köp iş qilindi, ammo bu işlar yetarli bölmagani körinib turibdi. Buning uçun sizlardan keçirim söraymiz. Tuman markaziy poliklinikasida koll-markaz taşkil etilgan. U yerda malakali şifokorlar guruhi işlamoqda. Bundan taşqari, tumandagi 4ta oilaviy poliklinikada ikkitadan mobil guruh keça-yu kunduz işlamoqda. Bu guruhlar tumandagi uylarga borib özini yomon his qilayotgan bemorlarga yordam berişyapti.
Tumanda Covid-19 yuqtirganlarni davolaş uçun uçta kasalxonada joylar taşkil etilgan. Xususan, respublika klinik şifoxonasida 100ta örin, respublika teri-tanosil şifoxonasida 60ta örin va şahar klinik şifoxonasida 100ta örin. Keçadan boşlab 5-teri-tanosil klinikasida Covid-19 poliklinikasi taşkil etilgan. U yerda odamlardan koronavirusga test olinmoqda, şuningdek, rentgen apparati ham qöyilgan.
Mirobod tumanida 140 ming kişi yaşaydi va ulardan 248 nafari zararlangan. 120 kişi tuzalib çiqqan. Hozirda uy şaroitida 54 nafar, şifoxonada 68 nafar bemor davolanyapti. Tumanimizda kasallarni davolaşda muammo yöq, sizdan faqat karantinga amal qilişingizni söraymiz», degan Mirobod hokimi.
Şayxontohur tuman hokimi Abduqahhor Töxtayev va tuman mutasaddilari ham koronavirus tarqalişi yuzasidan aholisiga murojaat qildi.
Töxtayevning ma'lum qilişiça, tumandagi «Yoşlik» sport arenasida 564 örinli şifoxona tayyor qilinyapti. Keyingi haftada u işga tuşadi.
Şuningdek, bugun Şayxontohur tumanida kasallikka çalinganlar soni 600 nafardan oşiq. Ulardan 200dan oşiği tuzalib çiqqan. 200 nafari kasalxonalarda, 210 nafari uy şaroitida davolanmoqda.
Yaşnobod tuman hokimi Hojiakbar Tillaşayxovning ma'lum qilişiça, bugungi kunda tumanda 7ta oilaviy poliklinika tun-u kun faoliyat olib bormoqda. Bundan taşqari, tuman hokimligida 1076 qisqa raqami orqali maslahat markazi taşkil etilgan.
Tuman hokimi öz murojatida aholidan sarosimaga tuşmaslikni, özlarida kasallik alomatlarini sezişsa şifokorlarga murojat qilib ularning maslahatlari bilan harakatlanişlarini söradi.
Yakkasaroy tuman hokimining birinçi örinbosari Şerzod Taslimov va tumandagi boşqa mutasaddi rahbarlar koronavirus keskin tarqalib ketgani uçun tuman aholisidan uzr söradi.
«Bugun tumanimizdagi barça poliklinikalar tun-u kun işlaş tartibiga ötdi. Ular kerakli dori-darmon va maşinalar bilan ta'minlangan. Sizlardan sarosimaga tuşmaslikka hamda karantin qoidalariga amal qilişlaringizni sörab qolar edim. Agar biz birlaşsak, bu kasallikni albatta yengib çiqamiz», dedi u öz murojaatida.
Yunusobod tumani hokimi Rahmonberdi Usmonov oldingi xatolardan xulosa çiqarib, kamçiliklarga barham berilayotganini ma'lum qildi.
Ötgan hafta, bundan 6-7 kun oldin yöl qöyilgan kamçiliklar, ya'ni, tez yordam maşinalari vaqtida yetib kelmasligi, bemorlarni şifoxonaga joylaşda muammolar yuzaga kelgani uçun avvalambor men, jamoamiz, yunusobodliklardan uzr söramoqçiman.
Bugungi kunga kelib, xatolardan töğri xulosa çiqarib, Yunusobod tumanini özida salkam 2000 ga yaqin joylar tayyorlandi. Bundan taşqari har bitta mahallada mobil brigadalar qilindi. Har brigadada bittadan vraç va hamşiralar bor. Hozirda har bitta hudud böyiça töliq ma'lumotga egamiz. Kasallikning yengil formasini boşdan ötkazayotgan uyda davolanayotgan fuqarolarimizga ham ğamxörlik körsatyapmiz. Keragidan ortiq dori vositalari va jihozlarimiz bor.