Toşkent şahar hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Singapurning Meinhardt Group boş direktori Omar Şahzad boşçiligidagi kompaniya mutasaddilari bilan uçraşdi.

Özaro muloqot davomida Yangi Toşkent loyihasining konsepsiyasini va boş rejasini işlab çiqiş masalasi muhokama etildi. Loyiha kölami, uni amalga oşiriş bosqiçlari borasida fikr almaşildi.

Omar Şahzad Yangi Toşkent konsepsiyasi va boş rejasini işlab çiqiş va uni Toşkentning mavjud loyihasi bilan integratsiya qiliş 4 bosqiçda amalga oşirilişini, dastlabki ikki bosqiçga örtaça 9 oy talab etilişini bildirdi. Söng loyiha investorlarga taqdim etilişi va ularning talab hamda takliflaridan kelib çiqib, özgartirişlar kiritilişi mumkinligini aytib ötdi.

Foto: Toşkent şahar hokimiyati axborot xizmati

Tomonlar loyiha yuzasidan atrofliça fikr almaşib, uning doirasidagi uçraşuv va amaliy muloqotlar davom etişini bildirişdi.

Ma’lumot uçun, Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 mart kuni quriliş loyihalari taqdimoti bilan tanişgandi.

Davlat rahbariga Yangi Toşkent şaharçasi loyihasi haqida axborot berildi. Unga köra, birinçi bosqiçda 6 ming gektarda bunyodkorlik qiliş rejalaştirilgan. Şundan kelib çiqib, istiqbolli quriliş hududlari, yangi şahar bilan poytaxtni birlaştiruvçi asosiy yöllar sxemalari işlab çiqilgan. 

Foto: Toşkent şahar hokimiyati axborot xizmati

Şaharça yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz böladi. Poytaxt şarqiy qismida, Yuqori Çirçiq va Örta Çirçiq tumanlari hududida barpo etiladi. 800 ming aholiga möljallangan böladi. U yerda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, soğliqni saqlaş taşkilotlari, teatr, kutubxona, mehmonxonalar, turar joy binolari, boğlar örin oladi. Xususan, yaşil hududlar 363 gektarni taşkil qilişi közda tutilgan.