11:31 / 26.08.2015
12740

O‘zbekiston Prezidenti ijtimoiy sohalar xodimlarini mukofotladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil, 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonda aytilishicha, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma'naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste'dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlanadi:

«O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi»
Toshmurodov Mahamadyor Ergashevich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti»

Azizov Mirzajon Mamajonovich – Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori
Alimov Samandar Choriyevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti
Usmonov Ramiz Beknazarovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

«O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi»
Umirov Rasul Qarayevich – Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi «Qudrat» fermer xo‘jaligi ishchisi, baxshi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi»

Inog‘omov Hakimjon Yoqubovich – «Ustazoda» xalq san'ati ustalari korxonasi ganchkor ustasi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»

Xoliqova Odinaxon Nosirovna – Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

«O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi»

Ermatov Mashrab Ergashevich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, hofiz

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist»

Abdullayeva Raisa Uraimovna – Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyori
Galaxov Oleg Viktorovich – O‘zbekiston akademik rus drama teatri aktyori
Davlatova Olesya Vladimirovna – «O‘zbeksirk» respublika birlashmasi artisti
Jo‘rayeva Yoqutxon Ma'murovna – Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyori
Qobilova Ziyoda O‘tkirovna – «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi
Mo‘minova Zulxumor Anorqulovna – «O‘zbekfilm» kinostudiyasi aktyori
Nazarova Ngarxan Keunimjayevna – «O‘zbekiston» ashula va raqs ansambli balet artisti

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi»
Julliyeva Dilorom Nurmamatovna – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi
Kurbanbayeva Zeynep Xojabayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Taxiatosh energetika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja – Farg‘ona davlat universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Sultonov Nurali Shodmonovich – Qashqadaryo viloyati «Nasaf» futbol maktabi katta murabbiyi
Teshaboyeva Odinaxon Dilmurodovna – Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist»

Esmurzayev Bazarbay Kengesbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qoraqalpog‘iston» telekanali «Xabar» muharririyati sharhlovchisi
Otaboyev Ahmad – «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi bo‘lim mudiri
Ro‘ziyev Sherzod Tashkentovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali «Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy dasturlar» muharririyati bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi»

Avazxo‘jayev Anvar Hojimurodovich – O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi teleoperatori
Begimqulova Zamira Latifovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbektelefilm» studiyasi sahnalashtiruvchi rejissyori
Muzaffarova Saodat Haydarovna – O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti vokal kafedrasi o‘qituvchisi
Nasimov Hilol To‘lqinovich – «O‘zbekfilm» kinostudiyasi postanovkachi-rejissyori
Rahimjonov No‘'mon Karimovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, adabiyotshunos

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi»

Ososkov Aleksandr Vladimirovich – Respublika onkologiya ilmiy markazi tarkibidagi Respublika rentgen-radiologiya markazi mudiri
Yo‘ldoshev Nabijon Pirimovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi mudiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»

Ibragimov Qahramon Sulaymonovich – Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabining yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiyi
Halimov Latif Yusufovich – Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi
Umarov Faxriddin Jabborovich – Toshkent shahar 25-bolalar va o‘smirlar sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiyi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»

Boyqo‘ziyev Jasur Tavboyevich – Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Tasmuradov Yelmurat Zulipxar-uli – Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi»

Yo‘ldosheva Ra'no Boltayevna – Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Karimov Rahmatulla Toshboyevich – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi
Mirzahamdamova Gavharjon Mirzaakramovna – Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduqodirova Salomat Mahkamovna – Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
Ashurov Hotam Bahronovich – O‘zFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori
Egamberdiyev Qurbon – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi
Iskandarova Ra'no Ibodullayevna – Xorazm viloyati Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi «G‘alaba» qishloq vrachlik punkti mudiri
Qobilov Nasrulla Qo‘chqorovich – O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti
Mirsharipov Habibullo Yo‘ldoshevich – Farg‘ona viloyati Farg‘ona transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
Ortiqboyev Aminboy O‘rozboyevich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha muxbiri
Sodiqov Abduvohid – Toshkent viloyati silga qarshi kurash dispanseri bosh shifokori – viloyat bosh ftiziatri
Tulametov Bahodir Ahmedovich – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh muhandisi o‘rinbosari
Hoshimov Shuhrat Xurshidovich – Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi bosh shifokori
Haydarov Mehriddin Ikromovich – Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi
Shoqodirov Rustam Isrofilovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi guruh boshlig‘i

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlanadi:

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Otaboyev Alimjon Jumanazarovich – Respublika qo‘g‘irchoq teatri aktyori
Kutlimuratova Feruza Kalbayevna – Nukus «Ona va bola skriningi» markazi bo‘lim mudiri, genetik-shifokor
Mamanazarov Qurbon Mamarajabovich – Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limi mudiri
Nurova Zaynab Ergashevna – Buxoro viloyati Peshku tumani tibbiyot birlashmasi chaqaloqlar bo‘limi katta hamshirasi
Eminov Bahodir Jo‘rayevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bolalar reanimatsiyasi bo‘limi mudiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Alimbekov Adhambek Kamolovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi mas'ul kotibi
Aximbetova Gulbaxar Kanatbayevna – O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Nukus filiali o‘qituvchisi
Jumayev Sharif Karimovich – Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori
Karimova Sevar Abdulazizovna – Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi
Mamedov Mobil Yakub o‘g‘li – Respublika ozarbayjon milliy-madaniy markazi raisi
Mahmudova Hikoyat – «Moziydan sado» jurnali bo‘lim muharriri
Nasriddinov Alisher Shoasilevich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, rassom
Nizomiddinov Hayitali Mamatqulovich – Respublika satira teatri aktyori
Setyan Martin Varazdatovich – Respublika arman milliy-madaniy markazi raisi
Tangriyev Laziz Xushboqovich – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori
Turkina Anna Vladimirovna – O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasining Davlat xor kapellasi badiiy rahbari
Umarov Bahodir Zokirovich – «Ma'naviyat» nashriyoti bosh muharriri
Umarova Baktigul Serikovna – Navoiy viloyati Konimex tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi
O‘rinov Esonboy – «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi boshqarma boshlig‘i
Xalmurzayev Albert Sharifovich – O‘zbekiston Yoshlar teatri aktyori
Shokin Dmitriy Aleksandrovich – Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Yunusov Salavat Idrisovich – «O‘zbeksirk» respublika birlashmasi ijodiy guruh boshlig‘i

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotladi:
«Shuhrat» medali bilan

Abduvoitova Gulchehra Imonqulovna – Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi
Abdurahmonov Bekzod Mahamadjonovich – Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Akramxo‘jayeva Feruza G‘anixo‘jayevna – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi tabiatshunoslik bo‘limi katta ilmiy xodimi
Aliyeva Dildorxon Yunusovna – «Jahon adabiyoti» jurnali katta korrektori
Alimova Sabohat Zarifovna – Surxondaryo viloyati Termiz san'at kolleji xalq cholg‘ulari kafedrasi o‘qituvchisi
Allanazarova Qizlargul Toliboyevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi «Altinko‘l» qishloq vrachlik punkti mudiri
Allanbayev Rudakiy Orinbayevich – O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti vokal kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ahmadaliyeva Gulnoz Ikramovna – Olimpiya shon-shuhrati muzeyi bosh muhofizi
Ochilova Manzura Sheraliyevna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi
Boboyorov Abdunabi – «Kuch – adolatda» gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri
Voronina Yekaterina Aleksandrovna – Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Galaktionov Valeriy Vladimirovich – «O‘zbeksirk» respublika birlashmasi artisti
Erxodjayev Najmiddin Sirojiddinovich – Toshkent shahar 5-sonli bolalar klinik shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi mudiri
Jumaniyozova Ra'no – Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi Buloqboshi tumani bo‘limi targ‘ibotchisi
Zaripova Mehribon Abdurahmonovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri
Ziyoddinov Shavkat Najmiddinovich – Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi Qo‘shrabot tumani bo‘limi targ‘ibotchisi
Ibragimova Malohat Vohitovna – «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi katta korrektori
Isamedinova Yulduzoy Ibrajanovna – Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 5-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori
Kabirov Saidkarim Alimovich – «Istiqlol» san'at saroyi direktori o‘rinbosari
Kalliyev Abatbay Nagmetullayevich – Nukus madaniyat va san'at kolleji o‘qituvchisi

Qurbonov Soyib Rajabovich – Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Latipov Jasurbek Madaminjon o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Mavlonov Saidmuxtor Maqsudovich – O‘zFA Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘zmatjon o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi
Mirpayziyev Mirbaxtiyor Sodiqovich – «O‘zbekiston ovozi» gazetasi muxbiri
Murodova Hamro Badalovna – Qashqadaryo viloyati «Chiroqchi chiroqlari» folklor-etnografik xalq ansambli xonandasi
Niyozova Nilufarxon Abdulhamidovna – «Kamolot» YoIH Namangan viloyati Kengashi «Kamolot» gazetasi muharriri
No‘'monov Ismoil Ergashevich – Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri
Omonova Nodira O‘rozovna – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi «Balandchayla» qishloq vrachlik punkti mudiri
Otenov Tolegen – O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Botanika bog‘i direktori
Po‘latova Zuhra Davronovna – O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi yetakchi muharriri
Rajapov Anvar Jumaboyevich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi bosh shifokori
Rahmatov Asqarali Eshmo‘minovich – Surxondaryo viloyati Oltinsoy axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
Ro‘ziqulov Faxriddin Bozorovich – Madaniyat va sport ishlari vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasi nazorat bo‘limi bosh san'atshunos-nazoratchisi
Ro‘zmetova Tursunoy Abdusharipovna – Navoiy san'at va madaniyat kolleji maxsus fan o‘qituvchisi
Sadirova Dildor Hoshimovna – Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyachisi
Sa'dullaev Allazar – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi a'zosi, kulol
Saydivaliyev Po‘lat Sobitovich – «Vatanparvar» gazetasi adabiy xodimi
Sapayev Saparmat Abdullayevich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Sport» teleradiokanali «Xabarlar» muharririyati bosh muharriri
Sattiyeva Gulbahor Qodirovna – Andijon tibbiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
Sindorov Annoqul Miyliyevich – Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi «Shovana» qishloq vrachlik punkti mudiri
Sultonova Zulfiya Sultonovna – Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali kafedra mudiri
So‘fiyev Abdusamat Maxsudovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi guruh rahbari
Tangirova Gulbahor Eshmatovna – «Surxon tongi» – «Zarya Surxana» gazetalari bosh muharriri
Tashmatova Azatgul Rahimovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi «Milliy cholg‘u» ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi direktori, dotsent
Teshaboyev Qahramon Rashidovich – «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi chop etish sexining qog‘oz kesish mashinasi mashinisti
Tolipov Shuhrat Mannopovich – O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasi artisti
Toshev Davron Bo‘ronovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, miniatyurachi rassom
Troshina Viktoriya Yurevna – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, rangtasvirchi rassom
Uzoqova Sanobar Tirkashovna – Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani tibbiyot birlashmasi «Kavardon» qishloq vrachlik punkti mudiri
Fozilov Zulfiqor Husanovich – Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasi «Bog‘bon» qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokori
Xametova Kamila Taxirovna – «O‘zbeksirk» respublika birlashmasi artisti
Hamidov Yusufjon Vohidovich – «Xalq so‘zi» gazetasi mas'ul kotibi
Xo‘jamberdiyeva Zamiraxon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira
Hojiyev Xayrulla G‘ulomqodirovich – Toshkent viloyati Zangiota agroservis kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi
Xudoyqulova Muqaddas Tojiqulovna – Sirdaryo viloyati Guliston tumani tibbiyot birlashmasi «Boyovut» qishloq vrachlik punkti doyasi
Husanov Mirabzal Zoirovich – O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a'zosi
Xushvaqov Luqmon – 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi xirurgiya bo‘limi mudiri

Top