Pasport şaklidagi iPhone Duo smartfonlarini 23-oktabr kuni birinçi bölib Sidneydagi Apple dökoni sota boşladi. Apple’ning ilk bukiladigan telefoniga talab yuqori bölsa-da, savdo çeklangani sababli dunyo böylab dökonlar oldida avvalgidek uzun navbatlar kuzatilmayapti.

Reuters’ning yozişiça, talab qançalik yuqori ekanini oldindan buyurtmalar körsatdi: 16-oktabr kuni buyurtma qabul qiliş boşlanganidan bir neça daqiqa ötib, yetkazib beriş muddati yanvar oxirigaça surilgan. Duo - Apple hozirgaça çiqargan eng qimmat iPhone: narx 1999 dollardan (256 GB) boşlanib, 3199 dollarga (2 TB) yetadi.

Bu telefon Apple uçun katta sinov hamdir. Çunki uning raqobatçilari Samsung va Huawei bunday telefonlarni yillardan beri sotadi. Endi esa Apple bu tor bozorni özgartira oladimi, degan savol tuğildi. Qolaversa, Duo 1-sentabrdan kompaniyani boşqarayotgan boş ijroçi direktor Jon Ternus uçun ham dastlabki imtihon hisoblanadi.

Biliş kerak bölgan 8 jihat

Wired naşri telefonni sotib olişdan oldin biliş kerak bölgan sakkiz jihatni sanab ötgan.

Foto: Julian Chokkattu / Werid

1. Ilovalar hali moslaşmagan. 5,4 dyuymli taşqi va 7,6 dyuymli içki ekranlarda navigatsiya elementlari öng çetga köçirilgan. Apple ilovalari bunga moslaştirilgan, ammo köplab boşqa ilovalar hozirça ikki çetida qora çiziqli tor tasma körinişida oçiladi.

Foto: Julian Chokkattu / Werid

2. Face ID örnida - Touch ID. Duöda yuzni taniş tizimi yöq, barmoq izi skaneri esa öng yon tugmaga joylangan. Wired taxminiça, yupqa korpusda Face ID uçun joy yetmagan.