“Darakçi” naşri Özbekiston san'ati juftliklarining öziga xos reytingini tuzib çiqdi. Undan örin olgan juftliklarning asosiy jihati şundaki, ular bir-biri bilan sahnada tanişgan.
Quyida uşbu reytingni keltirib ötamiz:


1. Özbekiston xalq artisti Lutfulla Sa'dullayev va Özbekistonda xizmat körsatgan artist Gulçehra Sa'dullayeva haqida söz borganida, barçaning köz öngida Ötkir Hoşimov asari asosida suratga olingan “Bahor qaytmaydi” videofilmidagi Alimardon Törayev va Muqaddam keladi.
“Bu rolni ijro etganimda 31 yoşda bölib, bir öğil, bir qizning onasi edim”, - deydi aktrisa. Bu ikki san'atkor teatrdagi 46 yillik faoliyati davomida juda köp bor partnyor bölişgan.


2. Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov rafiqasi Tojibar Azizova bilan instituda birga öqigan. “Bir-birimizni raşk qilmaganmiz, deya olmayman. Lekin işonç tufayli raşkka barham berilgan. Rafiqam bilan qiyinçiliklarni birga yengib öta oldik”, - deydi aktyor.

3. Özbekistonda xizmat körsatgan artist Aleksandr Bekçanov va Özbekiston xalq artisti Mehri Bekçanova 1980 yil hozirgi Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida öqib yurgan kuzlari tanişişgan.

“Mehrixonni bir körişda sevib qolganman”, - deydi Aleksandr Bekçanov. Bu juftli k 1985 yili oila qurgan. Ular ikki farzandga va bir nabiraga boşçilik qilib kelmoqda.


4. Sevinç Möminova va Şarof Muqimovlarning oila qurişi esa şou-biznes vakillari uçun ham, muxlislar uçun ham kutilmagan voqea bölgan.
“Turmuş örtoğim avvalo yuragi toza inson. Şuningdek, oilasi ham juda namunali oilalardan. San'atkorni faqat san'atkorgina tuşunişi va his qilişi mumkin. Töydan oldin bir-birimizni yaqindan örganganmiz, örtamizda sof va beğubor tuyğular bor”, - deydi Sevinç.


5. Şohida va Mahmud Ismoilovlar ham institutda birga ta'lim olişgan. Ular avvalgi Yoşlar, hozirgi Özbek Drama teatrida yaqindan tanişişgan. Bir neça spektallarda birgalikda rol ijro etişgan. Iş bahona munosabatlari mustahkamlanib borgan. Mahmud Ismoilov dilidagini izhor qilişi uçun ikki yil vaqt ketgan ekan. Töğridan-töğri sevgi izhor qilmay, “Onamni uyingizga sovçilikka yuborsam maylimi?”, degan ekan. Şu tariqa 1980 yilning 4 avgustida oila qurişgan.