Farğonaning «Neftçi» klubi 2-noyabr kuni Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 4-turida safarda Eronning «Traktor» klubi bilan öynadi. Bellaşuv Ömon poytaxti Maskat şahrida ötkazildi.
Öyin «Neftçi» ustunligida ötdi va 55-daqiqada Stipe Peritsa hisobni oçdi. 61-daqiqada eronliklar futbolçisi Farşod Farajiy qöpol öyini uçun maydondan çetlatildi. 82-daqiqada Tomislav Ştrkali hisobni tenglaştirdi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda Vladimir Yovoviç uzoq masofadan aniq zarba yöllab, «Neftçi»ga ğalaba keltirgandek edi. Ammo eronliklar sönggi soniyalarda hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi.
Bu natijadan söng, Farğona klubi 4 oçko bilan musobaqa jadvalida 10-örinni egallab turibdi.
«Neftçi» navbatdagi öyinni 23-noyabr kuni öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarşi ötkazadi.
Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 4-tur
2-noyabr, Maskat, Sulton Qobus stadioni
TRAKTOR (Eron) - NEFTÇI (Özbekiston) 2:2
Gollar: Tomislav Ştrkali (82), Masʼud Kozimayn (90+9) - Stipe Peritsa (55), Vladimir Yovoviç (90+4)
«Traktor»: Porso Jafariy, Şojaiy Xalilzodea Odil Hamrobekov, Tibor Xaliloviç (Masʼud Kozimayn 84), Doniyol Ismoilifar (Said Mahdiy Husayniy 84), Sodiq Muharramiy (Hadi Habibinajod 61), Muhammad Nodiriy, Farşod Farajiy, Muhammad Donişgar (Mahdiy Hoşimnajod 46), Şahriyor Muğanlu (Tomislav Ştrkali 37), Amirhusayn Husaynzoda
Boş murabbiy: Javod Nekunam
«Neftçi»: Botirali Ergaşev, Mişel Augusto, Boyan Siger (Xurşid Ğiyosov 85), Ibrohimhalil Yöldoşev, Asilbek Jumayev (Abrorbek Ismoilov 46), Nurmuhammad Abduğaniev (Stipe Peritsa 54), Alişer Odilov, Medeyros Sasse Yan, Farruh Sayfiev, Fransisko Yurani (Vladimir Yovoviç 76), Markus Forss (Jamşid Iskanderov 46)
Boş murabbiy: Islombek Ismoilov
Ogohlantirişlar: Yan Sasse (78)
Çetlatiş: Farşod Farajiy (61)











