Konservator jurnalist Taker Karlsonning aytişiça, Tramp Netanyahuning bosimi ostida hatto Eronga yadroviy zarba berişi ham mumkin.

Imkoniyatlar qanday?

Keling, avvalo, Netanyahu va Trampning hukumatni saqlab qoliş imkoniyatiga töxtalamiz. AQŞ prezidentida vaziyat yaxşiroq. Kongressning ikkala palatasi nazorati ham demokratlarga ötib ketişi katta sensatsiya böladi. Quyi palata qöldan ketsa, keyingi ikki yil Tramp uçun qiyin keçadi, lekin eng asosiysi Senat ustidan nazorat. Hozirça demokratlar Senatni egallaşi böyiça jiddiy signallar yöq.

Netanyahu esa tuşunarsiz vaziyatda. Uning partiyasi yana eng köp ovoz oldi, lekin muxolifat ham yomon qatnaşmadi. Netanyahu qayta saylovsiz hukumatda qoliş uçun faqat muxolifat bilan birlaşişi kerak, boşqaça imkoni yöq. Agar muxolifat arablar bilan birlaşsa, Netanyahu ketişi ham mumkin. Bibida bu narsani hal qiliş uçun bir hafta vaqt böladi.

«Eronga yadroviy zarba berilişi mumkin»

Amerikalik jurnalist Taker Karlson esingizda bölsa kerak. Trampning har ikki saylov kampaniyasida uni faol qöllagan, raqiblariga loy çaplagan, Kremlga yaqinligi bilan tanilgan, uruş davrida Moskvada Putindan intervyu olib, ruslar uçun nihoyatda foydali işlar qilgan konservator jurnalist. Ana şu respublikaçi qarasa, mister prezident «America first» tamoyilidan çekinib, hamma yerni «Israel first» qilib yuboryapti. Şunda Karlson bir dumalab, Tramp jamoasi aʼzosidan Trampning tanqidçisiga aylanib qoldi.

Ana şu Taker Karlsonning aytişiça, Tramp Isroil boş vaziri Netanyahuning bosimi ostida Eronga yadroviy zarba berişi mumkin. Jurnalist sanasini ham yozdi, 7-noyabr! Yoki AQŞda ham saylov natijalarini avvaldan «pişitib qöyişganmikin?» Karlsonga köra, yadroviy zarba berilişi mumkin bölgan joy ham aniq ekan: amerikaliklar Pikaks deb ataydigan Köhi kolang toği. Amerikalik mana şu toğ ostida Eron yadro dasturining asosiy obyektlari joylaşgan deb hisoblaydi.

Esingizda bölsa, AQŞ ötgan yili yozda Erondagi Fordo, Natanz degan uranni boyitiş zavodlariga zarba bergandi. Köhi kolang ham ulardan uzoqda emas. Qiziq, asosiy bino şu yerda ekan, unda nega AQŞning B2 bombardimonçilari tonna-tonna kerosin sarflab, Erongaça uçib bordi-da, «eng asosiy binoni» urmay keldi? Esingizdan çiqib qolganmi? Nega unda Tramp çiqib, «biz Eron yadro dasturini yöq qildik» degandi?

Amerikalik jurnalistlar şov-şuvga öç, ularning gapini jiddiy qabul qiliş kerak emas degan bölardim, lekin Taker Karlson jiddiy odam, işoning. Bu Trampning boşqa davlat liderlari bilan muzokaralarida qatnaşgan, Amerikaning eng yuqori martabali mulozimlari bilan hamsuhbat bölgan, Amerikaning Isroildagi elçisini soatlab kamera qarşisida söroqqa tutadigan katta odam. Bu odam «Amerika Eronga yadro zarbasi berişi mumkin», deb osmondan olib gapiradiganga öxşamaydi. «Bunday yadroviy zarbadan keyin uçinçi jahon uruşidan qoçib bölmaydi», deb yozadi Karlson.