Özbekistonda yangi tahrirdagi “Advokatning kasb etikasi qoidalari” loyihasi advokatlar va jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab böldi.

Loyihani Advokatlar palatasi işlab çiqqan bölib, uni ijtimoiy tarmoqlarda huquqşunos Saidali Muxtoraliyev e’lon qildi. Hujjat palataning saytiga joylanmagan.

Taklif etilayotgan yangi qoidalarning 55-moddasida şunday deyiladi:

“Advokat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning mansabdor şaxslarini muhokama qilmaslik, ularga nisbatan axloqqa zid iboralarni işlatmaslik, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallarni joylaştirmasligi lozim”.

Loyiha mualliflari buni quyidagiça izohlagan:

“Advokatlar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda faol va bu faollik aksariyat hollarda hokimiyat vakillarining qonuniy xatti-harakatlarini tanqidiy muhokama qiliş, fuqarolarda davlatga va amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan işonçsizlik holatini keltirib çiqariş ham uçramoqda. Mazkur vaziyatlar keskinlaşib, xalqning noqonuniy mitinglar uyuştirişi, aholi tinçligi buzilişiga ham sabab bölmoqda. Şu boisdan, ularning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xulq-atvor qoidalarini belgilab beriş maqsadga muvofiq”.

Palata bunday amaliyot Belorus va Fransiya tajribasida ham borligini aytgan.

Huquqşunos Saidali Muxtoraliyevga köra, taklif etilayotgan yangi qoidalar tasdiqlansa, “qöpol qilib aytganda, advokatura öladi”.

“Sababi, bu yangi loyihaga kiritilayotgan ba’zi mantiqsiz talablarni advokat öz kasbiy faoliyatini vijdonan bajariş vaqtida buzişga majbur böladi. Masalan, loyihaning 55-bandiga kiritilayotgan qoidani olaylik. Advokat öz mijozini nohaq qamagan adolatsiz sudning yoki qaysidir fuqaroning huquqini bir tiyin qilgan qonunbuzar amaldorning xatosini OAVda yoki ijtimoiy tarmoqda muhokama qilsa, tamom, u etika qoidasini buzgan böladi”, – deydi yurist.

Advokatning islohotlarga nisbatan işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallarni joylaştirmasligi lozim, degan qoida ham Konstitutsiyadagi söz erkinligiga doir