«Avtomobilsiz kun»ni ötkazişdan asosiy maqsad soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hisoblanadi.
Şuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan çiquvçi zararli gazlardan himoya qiliş, katta şaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytiriş, jamoat transporti tizimini rivojlantiriş masalalariga jamoatçilik e’tiborini qaratiş rejalaştirilgan.
Ekologiya vazirligi barçani «Avtomobilsiz kun»ga befarq bölmaslikka, şaxsiy avtomobillar örniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanişga çaqirdi.











