Toşkent şahridagi pulli avtoturargohlar operatori Poytaxt Parking öz nomidan yuborilayotgan soxta SMS xabarlar haqida ogohlantirdi.

Qayd qilinişiça, SMS Filippin (+63) va Marokaş (+212) xalqaro kodli raqamlardan kelmoqda va qarzni tölaş talab etilmoqda.

Parkovka sessiyasi haqidagi maʼlumotlarni köriş va qarzni uziş uçun havolaga ötiş hamda avtomobil davlat raqamini kiritiş taklif etilgan. Xabardagi havola rasmiy sayt manzilini soxtalaştirgan va agar «qarzdorlik» uzilmasa, servis xizmatidan foydalanişni çeklaş bilan ogohlantirilgan.

Poytaxt Parking kompaniyasi bunday mazmundagi xabarni yubormasligini taʼkidlamoqda. Xabar oluvçilarga havolaga ötmaslik hamda bank kartasi rekvizitlari va avtomobil raqamini kiritmaslik tavsiya etilgan. Agar karta maʼlumotlari allaqaçon kiritilgan bölsa, darhol bankka murojaat qiliş va kartani bloklaş zarur.

Taʼkidlanişiça, parkovka tölovi maqomini faqat Poytaxt Parking ilovasida tekşiriş mumkin.