Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi ayni vaqtda Qozoğistonda bölib, Respublika madaniyat va sport vazirligi qoşidagi Turizm sanoati qömitasi vakillari bilan qator uçraşuvlar ötkazmoqda.
Qömita vakillarining KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, endi Özbekistonning Toşkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik şaharlari va viloyatlar markazlarida Qozoğistonga sayohat qilişga çorlovçi bannerlar joylaştiriladi. Öz örnida Qozoğiston tomon ham özining yirik şaharlari markazlarida Özbekistonga sayohat qilişga undovçi bilbordlarni joylaştiradigan böldi.
Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi uşbu banner va bilbordlar dizaynini işlab çiqib, Qozoğiston tomonga taşabbus bilan çiqqan va hozirda Ostona, Olmaota va boşqa yirik şaharlarda Özbekistonga sayohat qilişga çorlovçi bilbordlarni joylaştiriş işlariga start berildi.


Bundan avval Özbekiston va Qozoğiston xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga taşrif buyuriş imkonini beruvçi turistik multivizalarni amalga kiritiş töğrisidagi kelişuvni imzolaşi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Unga köra, tomonlar kelişadigan vizalar har ikki davlat hududida ham bir xilda amal qilişi közda tutilgan, xususan, şunday viza bilan Özbekistonga kelgan sayyoh Qozoğistonga ham bora oladi, yoki şunday viza bilan Qozoğistonga borgan sayyoh Özbekistonga ham keliş imkoniga ega böladi.

Bugun ikki qardoş mamlakat davlat rahbarlari ham Oqörda qarorgohida uçraşuv ötkazib, keyingi bir yarim yil içida ikki döst, qardoş xalq örtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tuşgani, 2017 yilda özaro tovar ayirboşlaş 2 milliard dollarga yetganini qayd etişdi. Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlanişiga kelişildi.












