Özbekiston va Qozoğiston xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga taşrif buyuriş imkonini beruvçi turistik multivizalarni amalga kiritiş töğrisidagi kelişuvni imzolaşi mumkin. 

Bu haqda Qozoğiston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxamediulining ikkitomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiya yiğilişi arafasida aytib ötgan sözlariga tayanib “Interfaks” axborot manbasi xabar berdi.

Uning ma'lum qilişiça, taraflar kelişadigan vizalar har ikki davlat hududida ham bir xilda amal qilişi kerak. Masalan, şunday viza bilan Özbekistonga kelgan sayyoh Qozoğistonga ham bora olsin, yoki şunday viza bilan Qozoğistonga borgan turist Özbekistonga ham kela olsin.

Vazirning qayd etişiça, Qozoğistonga taşrif buyuradigan sayyohlarda Özbekistondagi tarixiy joylarni ham borib köriş istagi böladi yoki Özbekistonga kelgan turistlar Qozoğistondagi diqqatga sazovor maskanlarni tomoşa qilişni ham xohlaydi.

“Biz kelişuvga imzo çekamiz va uning doirasida hukumat qarorini tayyorlaymiz. Biz buni tezlaştirişga mas'ulmiz”, — dedi u.

Vazirning aytişiça, bunday rejalar Hukumatlararo komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan, deb yozmoqda "Xalq sözi" naşri.