Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Turkiy davlatlar taşkilotining Anqaradagi sammitida Rossiyani mazkur tuzilma tarkibiga kiritişni taklif etdi.

«Taşkilotimiz nufuzini oşiriş maqsadida Rossiyaning niyatiga ijobiy munosabat bildiriş hamda unga uşbu formatga qöşilişni yoki TDT faoliyatida kuzatuvçi sifatida iştirok etişni taklif qiliş töğri va adolatli qaror bölar edi», – dedi Toqayev.

Qozoğiston rahbari Rossiya «asrlar davomida turkiy dunyo bilan yaqin aloqalarni saqlab kelayotgani»ni qayd etgan.

«Bu mamlakat hududida azaldan köplab turkiy xalqlar vakillari istiqomat qiladi. Hozirgi vaqtda Rossiya Qozoğiston tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan „Oltoy – turkiy sivilizatsiya beşigi“ loyihasini ilgari surmoqda. Rus tilidagi köplab sözlar turkiy ildizga ega. Umuman olganda, agar Rossiya turkiy mamlakatlar, yaʼni taşkilotimizning bir qismiga aylansa, bu barça davlatlarimiz uçun foydali bölardi», – deya qöşimça qilgan u.

  • Turkiy davlatlar taşkiloti 2009-yilda umumiy turkiy ildizlarga ega mamlakatlar örtasidagi hamkorlik uçun taşkil etilgan. Bugungi kunda unga Özbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston va Qirğiziston kiradi. Turkmaniston, Vengriya va mustaqilligi faqat Turkiya tomonidan tan olingan Şimoliy Kipr Turk Respublikasi kuzatuvçi maqomiga ega.

  • Taşkilot boşqa masalalar qatorida lotin alifbosiga asoslangan umumiy turkiy alifboni tarğib qiladi. Bundan taşqari, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev 2025-yilda TDT davlatlarining qöşma harbiy maşğulotlarini ötkazişni taklif qilgandi, bu esa Rossiya Federatsiyasidagi hukumatparast şarhlovçilar noroziligiga sabab bölgandi.