Britaniyalik aktyor Saşa Baron Koen 2006-yilda işlangan «Borat» filmidagi şu nomli obrazi uçun Qozoğiston aholisidan rasman uzr söradi. Uşbu film syujetiga köra, öylab topilgan qozoğistonlik jurnalist Borat Sagdiev hujjatli film suratga oliş uçun AQŞga boradi, Amerika madaniyati bilan tanişadi va köplab kulgili vaziyatlarga tuşib qoladi.

Komik aktyor Happy Sad Confused podkasti efirida amerikalik jurnalist Joş Horovits bilan suhbat çoğida «Ali Ji: Men kimman?» komediyasini ham tarğib qildi (unda Borat obrazi ham qaytgan).

U şu örinda özining maşhur obrazi Qozoğistonga aloqador emasligini tan olgan.

«Men Qozoğiston xalqidan birinçi marta uzr söramoqçiman. Çunki Boratning Qozoğistonga heç qanday aloqasi yöq», – dedi aktyor Happy Sad Confused podkasti efirida.

Aktyorning tuşuntirişiça, bu personaj ilk bor BBC uçun komedik şouda paydo bölgan, keyinroq esa uning ismi va millati şouni qaysi telekanal moliyalaştirişiga qarab özgarib borgan.

U navbatdagi komediya ustida işlayotganida «heç kim bilmaydigan joy» sifatida Qozoğistonni tanlaganini aytadi. U hatto qozoqça talaffuz qanday bölişini ham bilmasligini taʼkidlaydi. «Buning Borat bilan heç qanday aloqasi yöq, lekin men baribir undan foydalanişda davom etaman, çunki mening Markaziy Osiyo aksentlari haqidagi bilimlarim juda çeklangan», – degan u.

«Borat» filmidan kadr

Efirdagi bayonot Koen özi yaratgan obraz uçun ilk bor uzr söraşi böldi, ammo u film çiqqan vaqtdayoq özini oqlaşiga töğri kelgan. «Biz Qozoğiston ustidan kulmayapmiz. Biz men tasvirlagan Qozoğiston haqiqatan ham mavjudligiga işonuvçi odamlar ustidan kulyapmiz», – degandi aktyor 2006-yilda Rolling Stone’ga bergan intervyusida.

Ötgan vaqt mobaynida Qozoğiston hukumati «Borat»ga nisbatan nafratdan uni tuşunişgaça bölgan yölni bosib ötdi. 2005-yilda Qozoğiston TIV Koenni sudga beriş bilan tahdid qilgan va uning şousini Qozoğiston va uning xalqini xalqaro miqyosda badnom qilişga qaratilgan «siyosiy buyurtma» deb atagandi.

2006-yilda esa, töliq metrajli film çiqişi arafasida mamlakat hukumati The New York Times va International Herald Tribune gazetalariga Qozoğistonning XXI asrdagi muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiluvçi tört sahifali reklama ilovasini naşr etiş uçun pul tölaydi.