Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovçilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2017 yil 2 martdagi 116-son qarori bilan milliy haydovçilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomaning yangi namunalari joriy etilgan edi.

Yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomalar “Yöl harakati töğrisida”gi xalqaro Vena konvensiyasi hamda xalqaro standartlar tavsiyalari asosida işlab çiqilgan bölib, qurilmalar örtasida ma'lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oşiriş imkonini beruvçi maxsus elektron belgi (ya'ni NFC çip) ga ega plastik kartalar şaklida tayyorlanadi.

Amaldagi milliy haydovçilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalariga almaştiriş jarayoni 2017 yil 1 oktabrdan boşlangan bölib, 2020 yil 31 dekabrda tugaydi. Eski namunadagi milliy haydovçilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvardan boşlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almaştiriş 2017-2020 yillar mobaynida bosqiçma-bosqiç – avtomototransport vositasini majburiy texnik körikdan ötkazişda amalga oşiriladi.

Yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasining amal qiliş muddati 10 yil.

Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasiga egasining şaxsini tasdiqlovçi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi. Boşqaça qilib aytganda, yangi namunadagi milliy haydovçilik guvohnomasi Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga tenglaştirildi. Bu esa xalqimiz turmuş darajasi va sifatini oşirişda keng imkoniyatlar eşigini oçadi.