Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yil 8-9 oktabr kunlari rasmiy taşrif bilan Fransiyada böladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, taşrif davomida davlat rahbarlari örtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakçi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Oliy darajadagi Özbekiston – Fransiya muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar almaşuvlarni faollaştiriş masalalari örin olgan.
Uçraşuv va muzokaralar yakunida 10dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san'at sohalarida özaro hamkorlik töğrisidagi bitimlar, taşqi siyosat mahkamalari örtasidagi hamkorlik dasturi va boşqa hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.
Şuningdek, davlat rahbari BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti Boş direktori Odri Azule bilan uçraşadi. Unda Özbekiston va YuNeSKO örtasidagi şeriklikni kengaytiriş istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga möljallangan qöşma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.








