Namanganning "Navbahor" jamoasi boş murabbiy Baxtiyor Aşurmatov iste'foga çiqarilgani, uning örniga Raşid Ğofurov tayinlangani haqida ma'lum qilindi.

"Bundan biroz vaqt oldin “Navbahor” futbol klubida yiğiliş bölib ötdi. Mazkur yiğilişda klub boşqaruv organida özgariş röy berganligi ma'lum qilindi.

Namangan viloyat hokimining 29 dekabrdagi farmoyişiga asosan klub prezidenti sifatida faoliyat olib borgan T.Dadabayev, vitse-prezident vazifasini bajargan R.Nizambayev va jamoa boş murabbiyi B.Aşurmatov öz vazifalaridan ozod etilişdi. Klub prezidenti vazifasi Namangan şahar hokimi B.Bekxodjayev zimmasiga yuklatilgan bölsa, vitse-prezidentlik vazifasini O.Qosimov bajaradigan böldi. Jamoa boşqaruvi esa R.Ğofurov zimmasiga yuklatildi.

Yiğilişda klub xodimlari, murabbiylar, xizmat qiluvçi xodimlar va asosiy va yoşlar tarkibi futbolçilariga klubda faoliyat olib boradigan yangi rahbariyat tarkibi taniştirildi. Şu bilan birgalikda, 2016 yilning 2 yanvar sanasida jamoa a'zolari bilan viloyat hokimi bilan uçraşuv bölib ötişi ham ma'lum qilindi. Tadbir davomida kelgusida jamoa asosini mahalliy futbolçilardan taşkil etişga e'tibor qaratilişi ham e'tirof etildi. “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2016 yilning 4 yanvaridan boşlaydi. Raşid Ğofurov boşçiligidagi murabbiylar ştabi esa keyinroq tasdiqlanadi", deyiladi jamoa rasmiy sayti xabarida.

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Aşurmatov: "Navbahor"ga Roman Abramoviçni taklif qiliş kerak

Namangan viloyatidagi yana bir tuman hokimi özgardi

Namangan viloyati IIBning yangi boşliği tayinlandi